Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:54

OzodDayjest: Islom Karimovning “O‘zbek modeli” shubha ostiga olindi


Toshkentdagi Kun uz sayti taniqli iqtisodchi Yuliy Yusupovning Kommersant.uz saytida e’lon qilingan “O‘zbek iqtisodiy modeli: asotirlar va haqiqat” maqolasidan ko‘chirmalarni e’lon qilar ekan, maqolada “o‘tmishda yurtimizda yuritilgan xato iqtisodiy siyosat haqida fikr yuritiladi", deb yozdi.

Yuliy Yusupov o‘z maqolasida​ “1996 yili yoz-kuz oylarida O‘zbekistonda valyuta resurslarini cheklash va uni asosan investitsion loyihalarga yo‘naltirish mexanizmi joriy etilganiga ham 21 yil bo‘libdi. Bu iqtisodiy rivojlanishning «O‘zbek modeli» shakllanishining ibtidosi edi”, deb yozgan.

Muallif maqolasi davomida:

“Kichikroq sirni ochamiz: aslida hech qanday «O‘zbek modeli» mavjud emas. Bunday yondashuvlar turli davrlarda turli davlatlar tomonidan qo‘llab ko‘rilgan. Ayniqsa, bu model 1950-70 yillarda SSSR bilan «do‘stlik»ka asoslangan rivojlanayotgan sotsialistik davlatlar o‘rtasida mashhur bo‘lgan. Mashhur iqtisodchi Ernando de Soto bu modelni merkantilizm deb ataydi va undan hozirda iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar ham o‘tmishda foydalanganini ta’kidlaydi. Lekin mamlakat merkantilizmdan qanchalik tez voz kechgan bo‘lsa, keyinchalik u shunchalik tezroq rivojlangan”, deb ta’kidlagan.

Muallif “O‘zbek modeli” o‘zini qay darajada oqlaganini.”ochiq milliy va xalqaro statistika”ga tayangan holda tekshirib ko‘rishni taklif qiladi.

2015 yil uchun aholi jon boshiga YaMD (yalpi milliy daromad), AQSh dollarida:

Yuliy Yusupovga ko‘ra: “...YaMD O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy ayriboshlash kursiga nisbatan shakllantirilgan. Agar u (haqqoniy) bozor kursi bo‘yicha hisoblansa YaMDni deyarli 2 ga bo‘lishga to‘g‘ri keladi”.

Shu o‘rinda Yuliy Yusupov so‘mning dollarga nisbatan qiymatini bozor kursida hisoblab chiqilagindan keyin to‘lanadigan oylik ish haqi miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keltirgan.

“Aftidan, tezkor sanoatlashtirish siyosati bizning davlatimizga tezda boyish imkonini bermaganga o‘xshaydi. Aksincha, qaralayotgan davlatlar ichida bizning o‘rtacha daromadlarimiz eng pastlaridan biri bo‘lib turibdi”, deb yozadi muallif.

Yuliy Yusupov “O‘zbek modeli”ning muvaffaqiyatsizligi sabablari haqida gapirar ekan, buning sababini “bozor islohotlari amalda muzlatib qo‘yilgan”i bilan izohlaydi.

Maqola yakunida iqtisodchi taraqqiyotga erishish uchun “iqtisodiy rivojlanishning merkantilistik modelidan voz kechishimiz kerak”, deb ta’kidlaydi.

XS
SM
MD
LG