Линклар

Шошилинч хабар
06 декабр 2019, Тошкент вақти: 08:07

Turkmanator: Berdimuhamedovning pichoq uloqtirish va o‘q otish tomoshasi (VIDEO)


Turkmaniston televideniesida namoyish etilgan Gurbanguli Berdimuhammedov

"Mana bu ekranda eng yangi jangovor qurollardan birini qo‘lida tutib turgan hukumat rahbari nishonni mo‘ljalga ola bilish iqtidorini namoyish qildi va bu uning harbiy tayyorgarlik darajasi juda yuqori ekanini ko‘rsatadi", deyiladi Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov devoni tarqatgan bayonotda.

Davlat targ‘ibotiga ko‘ra, u di-jeylik qiladi, o‘zi qo‘shiq qilib aytadigan she’rlar yozadi, basketbol to‘pini savatga ustalik bilan tashlaydi. Endi turkman prezidentining iste’dodlari qatoriga pichoq uloqtirish va o‘q otishni ham bemalol qo‘shsa bo‘laveradi.

Davlat nazoratidagi Turkmaniston televideniesi avtokrat rahbarning bir guruh kishilarga pichoq uloqtirish va o‘q otish qobiliyatini namoyish qilayotgan lavhani namoyish etdi.

Ular prezidentning qahramonlik mahoratini olqishlash uchun tinmay qarsaq chalib turadi.

Telelavha Berdimuhamedov poytaxt Ashxobod janubidagi harbiy bo‘linmaga borib, "zamonaviy harbiy uskuna"ni ko‘rikdan o‘tkazgan kuni namoyish etildi.

"Mana bu ekranda eng yangi jangovor qurollardan birini qo‘lida tutib turgan hukumat rahbari nishonni mo‘ljalga ola bilish iqtidorini namoyish qildi va bu uning harbiy tayyorgarlik darajasi juda yuqori ekanini ko‘rsatadi", deyiladi Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov devoni tarqatgan bayonotda.

Turkmaniston prezidentining o‘q otish mashqlari haqidagi rasmiy xabarning to‘liq nusxasini o‘sha zahotiyoq topib bo‘lmadi. Biroq muxolifatga tegishli chrono-tm.org vebsayti o‘sha telelavhaning "taroshlangan" nusxasini o‘z sahifasiga qo‘ydi.

Unda davlat ixtiyoridagi "Oltin Asr" teletarmog‘ining logotipi – rasmiy tamg‘asi bor.

Vebsayt telelavhaga Arnold Shvartseneggerning 1985 yili ekranlarga chiqqan "Kommondos" filmidan parchalar montaj qiladi.

Unga Berdimuhamedovning o‘zini bahodir qilib ko‘rsatmoqchi bo‘lgan imijini masxaralash uchun vahimali musiqa qo‘shiladi va telelavha efirga 1 avgust kuni uzatilganini aytiladi.

Namoyish etilgan asl kadrlarda Turkmaniston prezidenti harbiy kiyimda va qora ko‘zoynak taqib olgan holatda tasvirlangan.

Telelavhada Berdimuhamedov hujum miltig‘i bilan nishonga olish mashqini bajarayotgani ko‘zga tashlanadi.

Undan prezident qog‘oz nishonni aniq urgan-urmaganini bilib bo‘lmaydi.

Ammo keyingi bo‘lakda u nishonlarni ko‘zdan kechirayotgani va nishon markaziga tekkan o‘q izlari va uni olqishlayotgan tomoshabinlar ko‘rsatiladi.

So‘ngra u to‘pponchani bilan yana nishonlarni aniq uradi va qurollar turgan stoldan harbiy pichoqni olib, qo‘ldan-qo‘lga ovushtiradi va qog‘ozga chizilgan dushmanga qarata uchta pichoq uloqtiradi.

So‘nggi pichoq dushmanning bosh kiyimiga borib tegadi.

Mashqlar uning pichoqlarni nishondan sug‘urib olishi bilan yakunlanadi.

Lavhada Sobiq Sovet respublikasining dashtli adirlaridagi harbiy mashqlaridan so‘ng Berdimuhamedovning qog‘oz nishonga dastxat yozib berayotgani aks etadi.

Sobiq tish do‘xtiri tabiiy gaz zaxiralari mo‘l bo‘lgan mamlakatni 2006 yildan beri boshqarib keladi.

U o‘zini turkmanboshi – barcha turkmanlarning otasi deb atagan prezident Saparmurot Niyozovning o‘limidan so‘ng ushbu lavozimni egallagan edi.

Kuzatuvchilar hokimiyat idoralari 60 yashar Berdimuhamedovning shaxsiga sig‘inishi paydo bo‘lishiga sababchi ekanini aytadi.

U o‘zini "Arqadag‘" – "suyangan tog‘" deb atay boshladi.

Berdimuhamedov o‘tmishdoshidan meros qolgan yodgorilklar, jumladan, butun mamlakat bo‘ylab qo‘yib tashlangan ko‘plab haykallarini yo‘q qilmoqda.

Ammo 2015 yilda Ashxobod shahrida uning o‘ziga 21 metrlik marmar ustiga oltin qoplangan haykal qo‘yildi.

Davlat televideniesi uni iste’dodli sportchi va rassom, o‘zi yozgan she’rlarga musiqa bastalab, qo‘shiq kuylayotgan xonanda sifatida tez-tez ko‘rsatib turadi.

Mart oyida davlat nazoratidagi telekanallar bir qo‘shiqni mashhur xonanda ijrosida namoyish qila boshladi.

Unda Berdimuhamedovday "qahramonni tug‘ib bergan" onasi ulug‘lanadi.

Aprel oyida esa o‘sha xonandaning qo‘shig‘i 2017 yili Turkmanistonda bo‘lib o‘tadigan Osiyoning yopiq binolardagi va harbiy yakkakurash o‘yinlarining rasmiy madhiyasi tanlovida g‘olib deb topildi.

XS
SM
MD
LG