Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:16

Pens: Bolqon yarim oroli kelajagi G‘arb bilandir


Mayk Pens
Mayk Pens

AQSh vitse prezidenti Mayk Pens, Sharqiy Yevropa malakatlariga qilgan safarida davomida, Bolqon yarim orolining g‘arbiy qismida joylashgan davlatlar kelajagi G‘arb bilan ekanini ta’kidladi.

2 avgust kuni Podgoritsada bo‘lib o‘tgan sammitdan oldin Pens: "G‘arbiy Bolqonlar kelajagi G‘arb bilan ekanligiga chindan ishonamiz", dedi.

"Biz Qo‘shma Shtatlar Yevropa hamjamiyati, G‘arbiy Bolqonlar hamda Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi rishtalarni mustahkamlaydigan aloqalarni o‘rnatishga sodiq ekanligini yana bir bor tasdiqlashni intiqib kutyapmiz", deya so‘zini davom ettirdi vitse prezident.

Pens yana Chernogoriyaning iyun oyida NATOga qo‘shilganini tarixiy hodisa o‘laroq baholadi.

Chernogoriya bosh vaziri Dushko Markovich o‘z mamlakati NATOga qo‘shilib, o‘zini G‘arb bilan “bog‘laganini” ta’kidladi.

Pens keyinroq Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Xorvatiya, Kosovo, Makedoniya, Serbiya hamda Sloveniya yetakchilari ishtirok etadigan yig‘inda qatnashadi.

Kuni kecha Chernogoriya rasmiylari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida Pens: "Sizning josaratingiz, ayniqsa, Rossiya bosimiga qaramay ko‘rsatgan jasoratingiz dunyoni ilhomlantarida va men sizlarni bu uchun olqishlayman", dedi.

Pens Chernogoriyaga Gruziyaga qilgan tashrifidan keyin bordi.

Pens Rossiyaning Ukraina va Gruziyadagi agressiyasi ortidan xavotirga tushgan AQSh hamkorlarini tinchlantirishni istaydi. Iyun oyida Moskva Chernogoriyaning NATOga a’zo bo‘lishiga to‘sqinlik qilishga uringan edi.

O‘tgan yilda Chernogoriya rasmiylari Rossiyani mamlakatda davlat to‘ntarilishi uyushtirishga urinishda aybladi. Moskva esa bu ayblovlarni rad etib keladi.

Pens Gruziyada bu mamlakat bosh vaziri Georgiy Kvirikashvili bilan uchrashdi va AQSh Gruziyani qo‘llab-quvvatlayajagini bildirdi.

Gruziya 2008 yil avgustida ayrimachi Janubiy Osetiya masalasida Rossiya bilan 5 kunlik urushni boshidan o‘tkazgan. Shundan so‘ng Rossiya Gruziyaning ayrimachi Abxaziya va Janubiy Osetiya mintaqalarini mustaqil davlat sifatida tan olgan.

AQSh vitse prezidenti Tbilisida: "Biz Gruziyani strategik sherik, deb bilamiz, sizning hududiy yaxlitligingizni hamda NATOga a’zo bo‘lishga intilishingizni qo‘llab-quvvatlaymiz", dedi.

Gruziya bosh vaziri Georgiy Kvirikashvili Pens bilan Tbilisi yaqinidagi harbiy bazaga qilgan xizmat safari davomida Abxaziya va Janubiy Osetiyani Rossiya harbiylar okkupatsiya qilib turganini ta’kidladi.

"Bir necha o‘n kilometr narida mamalakatimiz fuqarolarining erkin harakatlanishini cheklash uchun tikanli simlar tortilgan, - dedi Kvirikashvili. - Mana shu yerdan bir necha kilometr narida odamlar gruzin bo‘lganlari uchungina taziyqlarga uchrab keladilar".

XS
SM
MD
LG