Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:20

Farg‘onalik ona: Vrachlarning mas’uliyatsizligi tufayli qizim o‘sal yotibdi


Farg‘onalik 72 yoshli nafaqaxo‘r Habiba Ubaydullaeva Farg‘ona shahar tibbiyot kompleksi shifokorlarini mas’uliyatsizlikda aybladi. Ozodlik bilan suhbatlashgan Ubaydullaevaning iddao qilishicha, tug‘uruq jarayonida hushini yo‘qotgan 27 yoshli qizi Nargiza olti yildan buyon o‘sal yotibdi.

Habiba opa olti yildan buyon o‘sal yotgan qizini ko‘rish uchun nevarasi bilan Toshloq tumanidan Farg‘ona shahriga qatnaydi.

Uni iddao qilishicha, tug‘uruq jarayonida vrachlarning mas’uliyatsizligi tufayli qizi Nargiza komaga tushib qolgan.

Voqea 2011 yil Farg‘ona shahar Tibbiyot birlashmasining Tug‘uruq kompleksida ro‘y bergan.

- O‘shanda Nargiza ikkinchi farzandiga homilador edi. Tug‘ish uchun shu shifoxonaga olib borganimizda keserova qilamiz, deb turib olishdi. Oxiri qizimni mana shu ahvolga tushirib qo‘yishdi-da, - deya zor yig‘laydi onaxon.

Ҳабиба Убайдуллаева билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:32 0:00
Бевосита линк

U qizini kesarevo jarrohlik amaliyoti yo‘li bilan tug‘dirish uchun operatsiya xonasiga uni roziligisiz olib kirib ketishganini da’vo qiladi.

- Qizimdan ham, mendan ham rozilik olishmadi. Operatsiya payti kislorod yetkazib berisholmagan-da vaqtida. Katta dozada narkozni berib qo‘yib, kisolorod bermagan. O‘shanda 4 minut 69 sekund Nargizani yuragi to‘xtab turgan. O‘shandan beri qizim o‘ziga kelmadi, o‘sal yotibdi, - deydi Habiba opa.

Наргиза Убайдуллаева олти йилдан буён ўсал ётибди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:40 0:00

72 yashar nafaqaxo‘r olti yil ichida shifokorlarni mas’uliyatsizligi haqida shikoyat qilmagan joyi qolmaganini aytadi.

Jumladan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev qabulxonasiga ham.

- O‘sha paytda prezident bo‘lgan Islom Karimovni idorasiga ham arz qildim, hech kim e’tibor qaratmadi. Hozirgi prezidentimizni portaliga ham yozdik. Hozircha javob yo‘q. Bizni istagimiz - agar o‘zimizni shifokorlarni qo‘lidan qizimni komadan chiqarish qo‘lidan kelmasa - chet elga yuborib, o‘ziga qaytarishsin, - deydi Habiba opa.

Farg‘ona shahar Tibbiyot birlashmasi shifokorlari esa Nargiza Ubaydullaevani komadan chiqarishga umid qolmaganini aytishdi.

Shifoxona vrachlaridan biri Ozodlik bilan suhbatda bu haqda shunday dedi.

- Miya qobig‘i nobud bo‘lib bo‘lgan. Uni o‘ziga qaytarishga umid deyarli qolmagan. Ayolni operatsiya qilishganida anestezialogiya jarayonidagi xatolik tufayli yuragi to‘xtab qolgan, keyin reanimatsiya qilinib qayta jonlantirilgan, lekin komaga tushib qolgan. Bu xatolik uchun beshta shifokor ishdan bo‘shatildi, ayrimlari sudlandi. Ayolni komadan chiqarish uchun qo‘limizdan kelgan imkoniyatni qilyapmiz. Iloji bo‘lmayapti, - deydi ismi sir qolishini so‘ragan shifokor.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev hukumatning yanvar oyidagi majlisida tibbiyot sohasidagi jiddiy muammolar va yetishmovchiliklar haqida gapirgan, ona va bola sog‘ligini asrash, aholini dori vositalari bilan ta’minlash va sog‘lom avlod o‘stirish – eng muhim masalalar ekanini ta’kidlagandi.

XS
SM
MD
LG