Линклар

O‘zbekiston prezidenti 2 avgust kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida prokuraturlar korpusini keskin tanqid qildi.

Shavkat Mirziyoev "eski axlat tizim"dan qolgan prokurorlarning o‘zlari "eng katta o‘g‘ri" ekanligini ta’kidlar ekan, agar halol ishlamasa, qolgan prokurorlarni ham ishdan chetlatishini aytdi.

Ozodlikka yetib kelgan audioyozuvda O‘zbekiston prezidenti ochiqchasiga prokurorlarni yomon ko‘rishini aytadi:

“Sen dunyoqarashingni o‘zgartirmasang ertaga kech bo‘ladi, shuni bilgin sen. Senga o‘n kun srok, menga sening qadamlaring baribir yoqmayapti. Bitta o‘zing qolding, hammani obtashadim men. Men o‘zi prokuror degan odamni, kechirasizlaru, juda yomon ko‘raman. Buni ochiqcha aytyapman, nimaga desangiz men rayon hokimi bo‘lganman, viloyat hokimi bo‘lganman, bu noinsoflarni g‘o‘ddayishini, prokurorcha bo‘lib darrov yurishi o‘zgarib qolishini, odamni mensimasini juda yaxshi bilaman. Juda yaxshi bilaman, voy bo‘o‘o‘o‘o‘o‘o‘y...., deydi prezident prokurorlar ishiga baho berarkan.

Shavkat Mirziyoev boshlagan islohotlarga, Kanadada yashayotgan jurnalist Ismat Xushevga ko‘ra, to‘sqinlik qilishni istaganlar O‘zbekiston hukumatida yo‘q emas.

"Mirziyoevga qarshi juda katta kuchlar turibdi," deydi OzodNazar ruknida fikr bildirgan jurnalist.

XS
SM
MD
LG