Линклар

Olimlarning aytishicha, agar iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashilmasa, 2100 yilga kelib Yevropada yiliga 152 minggacha odam o‘lishi mumkin. The Lancet Planetary Health jurnalida chop etilgan izlanishga ko‘ra, bu ko‘rsatkich hozir kunda iqlim tufayli halok bo‘layotganlar sonidan 50 barobarga ko‘pdir.

Izlanish mualliflaring ta’kidlashicha, asr yakunida keskin iqlim o‘zgarishi tufayli bo‘lgan o‘limlarning 99 foiziga issiqlik sababchi bo‘ladi.

Mutaxassislar izlanish natijalari xavotir tug‘dirishini, lekin undagi bashoratlar bo‘rttirib yuborilgan bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda.

Yevropa Komissiyasining Qo‘shma tadqiqot markazi o‘tkazgan izlanishda yozilishicha, issiqxona effektiga olib keluvchi gazlar ko‘lamini ozaytirish uchun hech qanday chora ko‘rilmasa, asr oxirida quyidagilarni kutish mumkin:

- Keskin ob-havo tufayli o‘lishlar soni 1981-2010 yillarda yiliga 3 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2071-2100 yillarda mazkur ko‘rsatkich yiliga 152 mingga etishi mumkin;

- Asr boshida Yevropada 20 kishidan bittasi tabiiy ofatga uchragan bo‘lsa, 2100 yilga kelib har uch kishining ikkitasi tabiiy ofatga duchor bo‘lishi mumkin;

- Sohillardagi toshqinlar tufayli halok bo‘lganlar soni asr boshida 6 kishini tashkil etgan bo‘lsa, asr oxiriga kelib bu ko‘rsatkich yiliga 233 kishiga etishi mumkin.

Izlanishda ishtirok etmagan London gigiena hamda tropik tibbityot maktabi profesori Pol Uilkinson bu natijalar issiqxona effektiga olib keluvchi gazlar bilan kurashish kerakligini yana bir isbotlovchi kuchli argument ekanligini ta’kidladi.

XS
SM
MD
LG