Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2019, Тошкент вақти: 18:22

O‘zbekistonlik yigit ikki rus politsiyachini pichoqlaganlikda ayblanmoqda (VIDEO)


Athamxon Ahmedov politsiyachilarni chavaqlaganlikda ayblanmoqda

Ikki nafar rossiyalik politsiya xodimiga qarshilik ko‘rsatib, ularni pichoqlab ketganlikda gumonlanayotgan 25 yashar o‘zbek muhojiri qidiruvga berildi. Samara politsiyasi qochoqning ota-onasi nomidan videomurojaat hozirladi.

"U o‘rmonda yashirinib yurgan bo‘lishi mumkin"

Samara viloyatida ikki nafar politsiya xodimini chavaqlab qochgan o‘zbek muhojiri qidiruvi davom etmoqda.

Rossiya Ichki ishlar vazirligining Samara viloyati bo‘yicha boshqarmasining Ozodlikka bergan rasmiy xabariga ko‘ra, tergovga viloyat Tergov qo‘mitasining Maxsus 3-bo‘linmasi izquvarlari jalb qilindi.

- Yo‘q, u shu kungacha topilgani yo‘q. Ko‘rinishidan yoshi 25-30-larda, o‘rta bo‘yli, sochlari qora, qorachadan kelgan, soqoli bor. Ko‘k jinsi shim va katak-katak ko‘ylakda bo‘lgan. Taxminlarimiz bo‘yicha, u Samara shahrining Kirov va Krasnoglinskiy tumanlaridagi dala hovlilarda yoki yon-atrofdagi o‘rmonda yashirinishi mumkin, dedi o‘zini Anna Aleksandrovna deb tanishtirgan politsiya boshqarmasi navbatchi ofitseri.

Qidiruvda bo‘lgan shaxs 1992 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan Athamxon Ahmedov ekani, u Samara viloyatida tayinli joyda qaydda turmagani ma’lum bo‘ldi.

Samara politsiyasidan olingan ma’lumotga binoan, 1 avgust kuni ikki nafar politsiya xodimi shaharning Demokraticheskaya ko‘chasida joylashgan savdo do‘konlaridan birida markaziy osiyolik muhojirni hibsga olmoqchi bo‘ladi: politsiya bu yigit u yerda to‘polon qilganini iddao qildi.

Politsiyachilarga ko‘ra, qarshilik ko‘rsatgan shaxs pichoq bilan ikkala organ xodimini ko‘kragiga pichoq soladi va hodisa joyidan g‘oyib bo‘ladi.

Error rendering VK.

(Do‘konda hodisa ortidan olingan videotasvir)

Yaralangan, ammo tirik qolgan politsiya xodimlari kasalxonaga olib ketildi. Shifokorlar pichoq ikkala politsiyachilarning o‘pkasini teshgani, ulardan biri hozirda juda og‘ir ahvolda ekanini ma’lum qildi.

"Politsiya ota-onasini murojaat qilishga majburladi"

Ozodlikka WhatsApp tarmog‘i orqali Samaradan quyidagi mazmunda xat kelib tushdi:

Samarada O‘zbekiston vatandoshi ikki nafar politsiya xodimini yaralab, qochdi. 5 kundan buyon topisha olmayapti. Politsiya ota-onasini murojaat qilishga majburladi”, deyiladi ismini ochiqlamagan manba xabarida.

Haqiqatan, birmuncha vaqtdan keyin “VKontakte” tarmog‘ida Athamxonning ota-onasi qilgan videomurojaati paydo bo‘ldi.

Error rendering VK.

Unda ikki yoshi o‘tgan ayol va erkak rus va o‘zbek tilida o‘g‘liga murojaat qilayotganini ko‘rish mumkin:

- Athamjon, o‘g‘lim, politsiyaga borib uchrash. Nima xato qilgan bo‘lsang – to‘g‘rila. Bitta xato orqasidan boshqalarini chiqarib o‘tirma, o‘g‘lim. Hamma narsa Ichki ishlar bilan oson bitadi. Bolajonim, seni nima umidlar bilan katta qilganman! Kutyapmiz seni – tezroq kelgin, deydi ona. Onaning gaplarini Athamning otasi ham takrorlaydi.

Atxamxon Ahmedov (fotosurat Samara viloyat IIBsi tomonidan taqdim etilgan)
Atxamxon Ahmedov (fotosurat Samara viloyat IIBsi tomonidan taqdim etilgan)

Politsiya avvaliga Athamxon Ahmedovni janjal-to‘polon qilgani uchun hibs etmoqchi bo‘lgani, bir necha kun o‘tib esa u “Rossiya Federatsiyasi hududida taqiqlangan terrorchilik tashkilotlariga aloqadorlikda”, “Suriyaga ketish uchun odamlarni yollagani”ni e’lon qildi.

Samaradagi manba Ichki ishlarning Ekstremizmga qarshi kurash bo‘limi o‘zbekistonlik migrantni diniy ayblovlar asosida hibs etgani kelganini ma’lum qildi. Shuningdek, politsiya xodimlari uni do‘konning kichkina xonasiga olib kirib, so‘roq qilgan.

Hibs etilishiga qarshilik ko‘rsatgan Athamning hujumiga uchragan politsiyachilar Samaraning Ekstremizmga qarshi kurash bo‘limi xodimlari mayor Raymonov va kapitan Abramovlar ekani ham ma’lum bo‘ldi.

Tergov qo‘mitasi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 317- moddasi asosida (ichki ishlar organi xodimi hayotiga tajovuz qilish) jinoiy ish ochilgani va qidiruvdagi Athamxon Ahmedovga biror diniy-ekstremistik ayblovlar qo‘yilmaganini Ozodlikka bildirishdi.

Oxirgi paytlarda Rossiya hududida “terrorchilik” va “diniy ekstremizmda” ayblanib hibs etilayotgan o‘zbek-tojik-qirg‘iz muhojirlari soni keskin ko‘payib ketgani, ayrim hollarda bunday ayblovlar FSB va boshqa idora xodimlari tomonidan soxtalashtirilayotgani borasida xabar berib kelinmoqda.

XS
SM
MD
LG