Линклар

Шошилинч хабар
07 декабр 2019, Тошкент вақти: 16:34

Mirziyoev tug‘ilgan kunida yangi qarorgohga ko‘chib o‘tdi (VIDEO)


Toshkent viloyat, Qibray tuman, Baytqo‘rg‘on qishlog‘ida O‘zbekiston prezidenti uchun yangi rezidensiya qurilishi yakunlanmoqda.

Qarorgoh Toshkent viloyatining eng so‘lim go‘shalaridan birida, Chirchiq daryosining ikki qirg‘og‘ida joylashgan Baytqo‘rg‘on qishlog‘ining Kangli ko‘chasidagi "Oq qovoq" temir yo‘l bekatiga yaqin yerda joylashgan.

Hozirda to‘liq baland devor bilan o‘rab olingan qarorgoh, taqriban bir necha gektarni egallagan.

Qibray tuman hokimligi rasmiysiga ko‘ra¸ qarorgoh buyurtmachisi O‘zbekiston Prezidenti ma’muriyatidir. Uning yana aytishicha, qurilish ishlariga prezident ma’muriyati rahbarining o‘rinbosari Oybek Tursunov bosh-qoshdir. Oybek Tursunov - O‘zbekiston prezidentining katta kuyovi.

Prezident tug‘ilgan kuniga sovg‘a

Rezidensiya ichidagi marmar ishlarini bajargan muhandis ismi sir qolish sharti bilan Ozodlik muxbiriga aytishicha¸ qarorgohning asosiy bitgan qismi 24 iyul - Shavkat Mirziyoevning tug‘ilgan kunida tantanali tadbir bilan ochilgan. Qarorgoh yaqinida yashaydigan baytqo‘rg‘onlik yigit o‘sha kuni mushakbozlik bo‘lganini bildirdi.

Ozodlik suhbatlashishga muvaffaq bo‘lgan rezidensiya xodimlaridan biriga ko‘ra, prezidentning tug‘ilgan kuniida o‘tkazilgan tadbirga Rossiya shou-biznesi yulduzlaridan bir necha nafari ishtirok etgan.

Baytqo‘rg‘on qishlog‘idagi mahalliy aholi vakillari bilan suhbatlashgan Ozodlik mobil muxbiri prezident qarorgohi qurilayotgan hudud balandligi 4 metrlik devor bilan o‘rab olinganiga guvoh bo‘ldi.

Muxbirimizning aniqlashicha¸ Baytqo‘rg‘ondagi prezident qarorgohi qurilishi bois, o‘nlab uylar buzilgan va ko‘chalar kengaytirilib, archalar ekilgan.

Ushbu hududning qarorgoh qurilishidan oldingi holatini Google xaritasi yordamida ko‘rish mumkin va bu buzilgan uylar ko‘lamini taxmin qilishga imkon beradi.

Google xaritasida avval qarorgoh o‘rnida bog‘-rog‘li, hovuzga ega hashamatli uylar borligi ko‘rinadi.

Yangi qarorgoh Mirziyoevning Mustaqillik maydonidagi ish joyidan 26,5 kilometr uzoqlikda joylashgan:

Saroy moviy marmar va Swarovski​ kristallari bilan bezatildi

Prezident qarorgohi pardoz ishlarida qatnashgan muhandisning aytishicha, bino qurilishiga qimmat va eksklyuziv qurilish materiallari ishlatilgan:

"Argentinadan keltirilgan va kvadrat metri 500 dollar turadigan moviy marmar va Swarovski kristallari ishlatildi. Bino me’moriy dizaynning eng so‘nggi trendi bo‘yicha pardozlandi"¸ dedi muhandis.

Ozodlik suhbatdoshlariga ko‘ra, qurilish uchun ishlatilgan katta marmar bo‘laklari vertolyot bilan tashilgan.

Мирзиëев туғилган кунида янги қароргоҳга кўчиб ўтди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:04 0:00

Uylari buzilgan ba’zi odamlar norozi

Qarorgoh qurilishi va uning yonidagi ko‘chaning kengaytirilishi oqibatida uyi buzilganlarning ayrimlari Ozodlik mobil muxbiri bilan suhbatlar davomida o‘z e’tirozlarini bildirgan:

"Buzilishlar jonimizga tegib ketdi. Buzishga buzishdi, ammo o‘rniga qurib berishgani yo‘q"¸ deb noligan kishilar bir necha bor hokimiyatga shikoyat qilishgan. Hokimiyat esa va’da berishdan nariga o‘tmagan"¸ dedi mobil muxbirimiz.

"Prezident qarorgohi atrofida ulkan devor tiklanishi va qurilish bilan bog‘liq shovqin tinchini buzganidan baytqo‘rg‘onliklar nolidi",- dedi muxbirimiz.

"Uylari buzilganlarga hokimiyat kottej qurib beradi"

Qibray tuman hokimligi mulozimining aytishicha, prezident qarorgohi qurilgani bois, uylari buzilganlarga kompensatsiya tarzida yer uchastkasi va kottejlar beriladi.

"Birinchi sentabrda kottejlar kalitini topshiramiz. Odamlar hursand, chunki ular buzilgan eski uyi o‘rniga yap-yangi, barcha qulayliklarga ega zamonaviy kottej olishadi. Oila soni ko‘p bo‘lsa, qo‘shimcha yer uchastkasi ham berilyapti¸- dedi mulozim.

Karimovdan qolgan Oqsaroy¸ Ko‘ksaroy va Do‘rmon bo‘sh qolmoqda

O‘tgan yili O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov o‘lganidan keyin u ishlagan Oqsaroy¸ Ko‘ksaroy va Do‘rmon qarorgohi bo‘sh qolgan.

Shavkat Mirziyoev prezident bo‘lib saylanganidan keyin Oqsaroyga ko‘chib bormasdan¸ oldingi Alisher Navoiy kutubxonasi o‘rnida qurilgan Senat binosida faoliyat yurita boshlagan va o‘zining Qorasuv- 2 massivi, Shams ko‘chasidagi xovlisida yashab kelgan.​ Hukumat qaroriga ko‘ra, Oqsaroy muzeyga aylantirildi.

Prezident Karimov siyosatini davom ettirayotganini ta’kidlagan Mirziyoevning ushbu harakatlari izohsiz qolmoqda.

Mirziyoev, 24 iyuldan boshlab, Baytqo‘rg‘ondagi qarorgohda yashay boshlagan.

XS
SM
MD
LG