Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:50

Tramp Shimoliy Koreyani Guam oroliga hujum qilish oqibatlari haqida ogohlantirdi


Tinch okeanidagi Guam orolida AQSh harbiy ob’ektlari joylashgan.
Tinch okeanidagi Guam orolida AQSh harbiy ob’ektlari joylashgan.

Shimoliy Koreya 9 avgust kuni Tinch okeanining g‘arbidagi Guam orolida joylashgan AQSh harbiy ob’ektlariga raketa hujumi uyushtirish rejasini o‘rganayotganini bildirdi.

Pxenyanning bu bayonoti prezident Donald Tramp “Shimoliy Koreya AQShga tahdid qilishdan tiyilishi lozim, aks holda Qo‘shma Shtatlar Koreyaga jahonda misli ko‘rilmagan darajadagi g‘azab va o‘t ochish bilan javob qaytaradi”, degan ogohlantirishidan so‘ng e’lon qilindi.

Shimoliy Koreya, asosiy maqsadi, AQShga zarba bera oladigan yadroviy raketani ishlab chiqarish ekanini bildirib kelmoqda.

Mamlakatning yadroviy qurol hamda ballistik raketalar ishlab chiqarishga qaratilgan dasturlariga qarshi bir necha xalqaro sanksiya joriy qilingan. Ammo rasmiy Pxenyan sanksiyalarga qaramasdan, o‘z dasturlaridan voz kechmay kelmoqda.

Shimoliy Koreya Armiyasining matbuot kotibi KCNA davlat axborot agentligi orqali e’lon qilgan bildiruvda “Rahbarimiz Kim Chen In istagan paytda qaror qabul qilishi bilanoq, Guamga o‘rtacha uzoqlikka uchadigan strategik ballistik raketa bilan zarba berilishi mukmin”, deb xabar tarqatdi.

Shimoliy Koreya Armiyasining matbuot kotib hujumi Guamdagi “yirik AQSh harbiy bazalari faoliyatini cheklashini” ta’kidladi.

Guam AQShning Osiyo-Tinch Okeani hududidagi muhim harbiy missiyalarini bajarishga imkon beradigan strategik oroldir.

Guam gubernatori Eddi Kalvo orol har qanday holat uchun tayyor ekanligini bildirdi.

Gubernator Oq uy bilan muloqotda ekanligini, oroldagi xavfsizlik vaziyati o‘zgartirilmaganini aytdi. Guam orolida taqriban 163 ming kishi istiqomat qiladi.

“Guam Amerika eridir. ... Biz shunchaki harbiy muassasa emasmiz”, dedi gubernator

Tramp avvalroq Pxenyanni AQShga tahdid solishning jiddiy oqibatlari haqida ogohlantirgan edi.

Prezidentning bu ogohlantirishidan avval The Washington Post gazetasida Pxenyan o‘zining ballistik raketalariga joylashtirishi mumkin bo‘lgan kichik yadroviy kallak ishlab chiqqani haqida hisobot e’lon qilingan edi.

Iyul oyida Shimoliy Koreya ikki qit’alararo ballistik raketani sinovdan o‘tkazishi ortidan Pxenyan va Vashington o‘rtasidagi tanglik yanada kuchaydi.

Pxenyan o‘tkazgan sinovlar ortidan 5 avgust kuni BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreyaga nisbatan keskin sanksiyalarni qo‘llash uchun yakdillik bilan ovoz berdi.

Pxenyan esa qurollar dasturi AQShning tajovuziga qarshi turish uchun zarurligini aytmoqda. Mamlakat AQSh va Janubiy Koreyani harbiy mashq o‘tkazish orqali mintaqadagi tanglikni oshirishda ayblab keladi.

The Washington Post maqolasiga ko‘ra, hozirda Shimoliy Koreyada 60 ga yaqin yadroviy qurol bo‘lishi mumkin.

XS
SM
MD
LG