Линклар

Toshkentlik homilador ayol uni militsiya xodimlari kaltaklab, tepganini iddao qildi

  • Садриддин Ашур/Озодлик

Nazokat To‘laganova

Toshkentlik 25 yashar homilador ayol 7 avgust kuni kechqurun Yunusobod tumanidagi Xotira maydonida sayr qilib yurganida uni ichki ishlar xodimlari fohishalikda gumonlab, mashinaga tiqib ichki ishlar bo‘limiga olib ketganini iddao qildi.

Nazokat To‘laganovaning aytishicha, unga qo‘shib, 15 yashar jiyani ham militsiya bo‘limiga olib borilgan.

Yunusobod tumani ichki ishlar bo‘limining o‘zini tanishtirmagan mulozimi, 7 avgust kuni shunday voqea bo‘lganini tasdiqladi va bu ishga Xotira maydoni uchastka noziri Bobur To‘xtaev mas’ul ekanligini aytdi.

To‘laganovaning iddao qilishicha, u va jiyani militsiya xodimlari tomonidan kaltaklangan, bir sutka davomida bo‘limda ushlab turilgan va onasi chaqirtirgan tez yordam shifokorlariga uni kasalxonaga olib ketishiga militsiya izn bermagan.

Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashaydigan To‘laganovaning aytishicha, to‘rt oylik homilasining sog‘lom tug‘ilishi uchun vrachlar unga havo salqin bo‘lgan paytda sayr qilishni tavsiya qilgan.

Ammo, Nazokatning so‘zlariga ko‘ra, navbatdagi sayr u va unga hamrohlik qilgan 15 yashar jiyani Surayyo uchun ko‘ngilsiz yakun topgan:

PPS mashinasi keldida, ikkita milisa tushib, dokumentlaring bormi, deb so‘radi. Yo‘q, biz toshkentlikmiz, aylanib yuribmiz, desam, moshinaga chiqinglar deb, baqirib so‘kib ketdi.

- Meni va jiyanimni erim kechqurun soat 9 larda Xotira maydoniga tashlab ketdi. Bir soat aylaninglar, men ishimni bitirib, sizlarni olib ketaman, dedi. Erimni ishi hech bitavermadi, soat 11 lar bo‘lib ketdi, erimga tel qilib, o‘zimiz uyga taksi qilib boraveramiz, dedim. Keyin anhor yoqalab chiqib kelayotgandik, PPS mashinasi keldida, ikkita milisa tushib, dokumentlaring bormi, deb so‘radi. Yo‘q, biz toshkentlikmiz, aylanib yuribmiz, desam, moshinaga chiqinglar deb, baqirib so‘kib ketdi. Nimaga, so‘kyapsan, menga baqirmagin, men ikkiqatman, desam, yana so‘kib “moshinaga o‘tir”, deb torta boshladi deydi Nazokat.

Nazokat To‘laganova ko‘zining tagini ham militsiya xodimi ko‘kartirganini iddao qiladi
Nazokat To‘laganova ko‘zining tagini ham militsiya xodimi ko‘kartirganini iddao qiladi

Nazokat shundan so‘ng u ham militsiya xodimlarini so‘kkanini tan olar ekan, mashinaga minishga qarshilik qilganini aytadi:

- Keyin men ham so‘kishib ketdim ular bilan. Keyin ulardan biri ko‘zimning ostiga bitta urdi, keyin boshimga mushtumlab urdi, keyin qornimga bir tepib moshinaga tiqishdi.

- Keyin men ham so‘kishib ketdim ular bilan. Keyin ulardan biri ko‘zimning ostiga bitta urdi, keyin boshimga mushtumlab urdi, keyin qornimga bir tepib moshinaga tiqishdi. Surayyoni ham urib moshinaga tiqishdi. Surayyo moshinadan sakrab tushmoqchi edi, men ushlab qoldim. Keyin ichkariga kiringlar deb, yana biqinimga tirsagi bilan ikki marta urdi. Men baqirishni boshlagan edim, bittasi og‘zimni berkitmoqchi bo‘lgan edi, qo‘lini tishlab oldim. Menga shu paytgacha hech kim, hatto erim ham qo‘l ko‘tarmagan. Qornimga urganida ko‘zimdan olov chiqib ketdi, chunki besh yil deganda tilab olganman bolamni, deydi Nazokat.

Nazokat To‘laganova berilgan UZI ma’lumotida homilani saqlashda o‘zgarish bo‘lgani yozilgan
Nazokat To‘laganova berilgan UZI ma’lumotida homilani saqlashda o‘zgarish bo‘lgani yozilgan

​Nazokat va qo‘liga kishan solib militsiya bo‘limiga olib borilgan 15 yashar Surayyo Mirzakarimova o‘sha yerda qariyb bir sutka ushlab turilgan.

Surayyoning onasi Shahnoza opaning aytishicha, balog‘at yoshiga yetmagan qizi qattiq qo‘rqitilgan:

Uch marta tez yordam chaqirishdi, vrach bu ayolni yotqizish kerak, olib ketamiz desa, o‘sha uchastkovoy bola "o‘lsa men javob beraman", deb qo‘ymadi. Qizimni ahvolni ko‘rsangiz, bechora bolaning qo‘lida kishan, qaltirab turibdi. Milisa uni ham fohisha deb urgan ekan.

- Men ham kechqurun yetib borsam, Nazokatning sog‘lig‘i yomonlashibdi. Uch marta tez yordam chaqirishdi, vrach bu ayolni yotqizish kerak, olib ketamiz desa, o‘sha uchastkovoy bola "o‘lsa men javob beraman", deb qo‘ymadi. Qizimni ahvolni ko‘rsangiz, bechora bolaning qo‘lida kishan, qaltirab turibdi. Milisa uni ham fohisha deb urgan ekan, bittasini qo‘lini u ham tishlab olibdi. Axir bu qanday militsiyaki, hammani fohisha deb olib kelib qamayversa, homilador ayolga shafqat qilmasa, maktab o‘quvchisini kaltaklasa,- deydi Shahnoza opa.

Nazokatning so‘zlariga ko‘ra, militsiya xodimlari o‘zlarining urishlarini emas, balki ularning jon achchig‘ida o‘zlarini himoya qilish maqsadida qilgan harakatlarini videoga olgan va buni militsiya xodimlariga bo‘ysunmaslik sifatida malakalagan.

Nazokat bilan jiyani Surayyo qariyb bir sutka militsiya bo‘limida och-nahor ushlab turilganidan so‘ng tuman prokuraturasiga olib borilgan va prokuror ularga javob bergan.

- Men kechasi militsiya bo‘limi hovlisidagi yog‘och skameykada yotdim. Zoru nola qildim, homilam bor, aqalli bitta eski yostiq bo‘lsa ham beringlar desam, berishmadi.

- Men kechasi militsiya bo‘limi hovlisidagi yog‘och skameykada yotdim. Zoru nola qildim, homilam bor, aqalli bitta eski yostiq bo‘lsa ham beringlar desam, berishmadi, deydi Nazokat.

Yunusobod tumani ichki ishlar bo‘limining o‘zini tanishtirmagan mulozimi, 7 avgust kuni Nazokat To‘laganova va Surayyo Mirzakarimovalarning bo‘limga olib kelinganini tasdiqladi va bu ishga Xotira maydoni uchastka noziri Bobur To‘xtaev mas’ul ekanligini aytdi.

Ozodlik Bobur To‘xtaevning mobil telefoni raqamini topib, u bilan ikki marta bog‘landi.

Birinchi galda To‘xtaev voqeani eshitgach, buni inkor qilmadi va oldida odam borligini, besh minutdan so‘ng qo‘ng‘iroq qilishimizni so‘radi. Biroq besh minutdan keyin ham, bir soatdan keyin ham uchastka noziri qo‘ng‘iroqlarni ko‘tarmadi.

Ozodlik ikkinchi bor, boshqa nomerdan To‘xtaevga chiqdi. Bu safar u bizning qaerdan ekanligimizni yana bir bor so‘rab oldida, aloqani uzdi va u bilan boshqa bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi.

Yunusobod tumani prokuraturasidan bu voqeaga munosabat olishning imkoni bo‘lmadi.

O‘zbekiston prezidenti fevral oyida o‘tkazgan selektor yig‘ilishida militsiya faoliyatini qattiq tanqid qilib, xalqning ulardan norozi ekanligini uqtirgan edi:

-O‘tgan yili 4518 nafar xodim, shundan 966 nafar xodim salbiy holatlarga ko‘ra ichki ishlar idoralaridan bo‘shatilgan. Ulardan aksariyati poraxo‘rlik, mansab vakolatini suiiste’mol qilish, mansab vakolatlari doirasidan chetga chiqish kabi jinoyatlarni sodir etgan. Bunday holatda aholi orasida ichki ishlar xodimi obro‘sini qanday qilib oshirish mumkin? Qonun himoyachilarining o‘zi jinoyat sodir etsa, oddiy odam dardini kimga aytishi kerak? –degan edi Mirziyoev.

XS
SM
MD
LG