Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:54

Eron Tojikistondagi qotilliklarga aloqadorligini rasman inkor qildi


Eronning Tojikistondagi elchixonasi Tojikiston IIVning hujjatli filmida Tehronga nisbatan aytilgan barcha ayblovlarni rasman inkor qildi.

«Eronga nisbatan «Tojikistondagi fuqarolar urushi yillarida shov-shuvli qotilliklarning tashkilotchisi va homiysi» sifatida taqalgan barcha ayblar juda shubhali», - deyiladi 9 avgust kuni Eron diplomatik vakolatxonasining saytida joylashtirilgan diplomatik vakolatxona rasmiy bayonotida.

«Filmda sudlangan shaxslarning ko‘rsatmalari aytiladi, allaqachon dunyodan o‘tgan odamlar nomidan mualliflarning ta’kidi jaranglaydi, bu haqiqat tarzida qabul qilinmasligi kerak», - deyiladi elchixonaning bayonotida.

Elchixona ta’kidlashiga ko‘ra, tayyorlangan film ikki xalq manfaatlariga xizmat qilmaydi va uning mualliflari Tojikiston va Eronning do‘stona munosabatlariga raxna sola olmaydilar. «Film mualliflari o‘z maqsadlariga erisha olmasligiga hech shubha yo‘q», - deya qat’iy ishonishadi elchixonadagilar.

8 avgust kuni kechqurun mamlakatning hamma telekanallarida Tojikiston IIV tomonidan tayyorlangan 45 daqiqalik hujjatli film namoyish qilindi. Unda mualliflar Eronni Tojikistondagi fuqarolar urushi yillarida terrorchilarni moliyalashtirganlikda ayblaydilar. Tojikistondagi mashhur siyosatchilar, olimlar va jurnalistlarning o‘ldirilishi Tehronning moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi yordamida va Tojikiston mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari Abduhalim Nazarzodaning topshirig‘iga binoan sodir etilgan, deb ta’kidlanadi filmda.

XS
SM
MD
LG