Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2019, Тошкент вақти: 13:16

Ozodlikka chiqqan rossiyalik muxolifatchi "tavba qilmoqchi" emas


Sergey Udalsov

Rossiyalik muxolifatchi, “So‘l jabha”ning (“Leviy front”) sobiq lideri Sergey Udalsov Moskvaning Bolotnaya maydonida 2012 yilning 6 mayida sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan “tavba qilmoqchi” emas.

Bu haqda Udalsov jazoni o‘tash muassasasidan chiqqanidan so‘ng payshanba kuni Moskvada o‘tkazgan birinchi matbuot anjumanida bayonot berdi. “Bolotnaya ishi” atalmish ish yuzasidan Udalsov 4 yarim yil jazo o‘tab, ozodlikka chiqdi.

Muxolifatchi hukumatning uydirma ishi bo‘yicha jazolanganini yana bir bor ta’kidladi. “Bolotnaya ishi” bo‘yicha 30 dan ziyod kishi ozodlikdan mahrum qilingan.

Sergey Udalsov matbuot anjumani davomida muxolifat bo‘yicha sobiq safdoshlariga, xususan Aleksey Navalniyga beradigan savollari borligini ham bildirdi. Udalsovning fikricha, uning ba’zi safdoshlari Bolotnaya maydonida bo‘lib o‘tgan norozilik aksiyasi chog‘ida hukumat foydasiga provokatorlik qilgan bo‘lishi ehtimol.

2018 yilda bo‘lib o‘tadigan Rossiya prezidenti saylovi haqida gapirarkan, Udalsov “Navalniy mening nomzodim” emas, dedi. U so‘l kuchlar nomidan yagona nomzod ko‘rsatishga chaqirdi. Udalsovning fikricha, bunday nomzod parlamentdagi partiyalar liderlari emas, balki mutlaqo yangi odam bo‘lishi lozim.

Qamoqdan chiqqan muxolifatchi “So‘l jabha”ni qayta tiklamoqchi ekanligini bildirdi. Udalsovning fikricha, Rossiyada hokimiyatga qarshi turadigan “uchinchi kuchni” yaratish lozim. Muxolifatchi fikricha, “g‘arbparast” liberal muxolifatdan uzoqroq turish kerak.

Udalsov Donbassdagi rossiyaparast separatchilarni qahramonlar deb atadi

XS
SM
MD
LG