Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:07

OzodMikrofon: "Biz, kambag‘allar uyiga prezidentni nega olib kelishmaydi?


Andijonlik Zumradxon Ismoilxo‘jaevaning aytishicha, uning uyi yonib ketganiga 5 yil bo‘ldi.
Andijonlik Zumradxon Ismoilxo‘jaevaning aytishicha, uning uyi yonib ketganiga 5 yil bo‘ldi.

Andijon shahrar, Birinchi tor Pillakash ko‘chasining 26- uyida istiqomat qiladigan 45 yashar beva Zumradxon Ismoilxo‘jaevaning OzodMikrofon ga arz qilishicha, 5 yil burun yashab turgan uyi yonib ketganidan so‘ng, 3 farzandi bilan chakka o‘tadigan ayvonda yashashga majbur bo‘lmoqda.

Zumradxonning so‘zlariga ko‘ra, u mahallada kam ta’minlangan oilalar ro‘yxatida turadi, katta o‘g‘li nogiron, ikki farzandi maktabda o‘qiydi, nochorlikdan yongan uyini tiklab olishga qurbi yetmayapti.

Andijonlik Zumradxon Ismoilxo‘jaevaning besh yil burun yonib ketgan uyi
Andijonlik Zumradxon Ismoilxo‘jaevaning besh yil burun yonib ketgan uyi

​Shahar hokimligiga, prezident portaliga bir necha bor yordam so‘rab murojaat qilgan Zumradxon, uning bu ahvolidan barcha rahbarlar yaxshi xabardor ekanligini, lekin hech kim madad qo‘lini cho‘zmayotganini aytadi :

“Andijonga prezident kelibdi, deb eshitdim. Uni faqat o‘ziga to‘q odamlarning uylariga olib borishadi, lekin hech kim prezidentni meni va men kabi bechoralarning uyiga olib kelmaydi. Agar boshimda erim bo‘lganida edi, men bu hokimlarga sarg‘ayib yurmas edim. Hunarmandchilik qilib oilamni zo‘rg‘a boqyapman, uyimni tiklab olishga esa besh yildan buyon orttirolmayapman. Hokimning esa va’da bergani bergan, lekin amaliy yordamning o‘zi yo‘q”, deydi Zumradxon Ismoilxo‘jaeva.

OzodMikrofon: Нега биз, камбағаллар уйига президентни олиб келишмайди?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:55 0:00
Бевосита линк

----------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG