Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:46

Mirziyoev: "Xalqdan uzilib, xalq dardini unutdik. Chidagani uchun bu xalqqa sajda qilishimiz kerak"


Prezident Shavkat Mirziev bu gapni 9 avgust kuni hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aytdi. Yig‘ilish paytida prezident, jumladan, Toshkent viloyat hokimi Shukrullo Boboev va Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i kengesi Raisi Muso Erniyozovni “G‘o‘ddayib yurishni yig‘ishtiring.”, deb tanqid qildi.

Шавкат Мирзиёев: Ўзимизни ҳам, халқни ҳам алдаб шу куйга тушмадикми?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:01 0:00

Videoselektor yig‘ilishida barcha viloyatlarda mavjud bo‘lgan muammolar tasivrga tushirilgan videofilm namoyish etildi. Video namoyishi yakunlanganidan so‘ng, prezident yig‘ilganlarga murojaat qilar ekan:

-Biz xalqdan uzilib, yolg‘on raqamlarga mahliyo bo‘lib,odamlarning dardi va tashvishini unutib,oyog‘imiz yerdan uzilib, o‘zimizni ham, xalqni ham aldab, shu kuyga tushmadikmi?- deb aytdi.

Shavkat Mirziyov bu muammolarga chidab yashab kelgani uchun hokimiyat xalqqa “bosh egib, sajda qilishi kerak”, deb ta’kidladi.

-Haliyam biz barchamiz o‘z xalqimiz uchun bosh egib, sajda qilishimiz kerak, bardosh bergani, chidagani uchun. Mana nima uchun bugun biz bu yig‘ilishga to‘plandik.Biz ishimizni mutlaqo yangi tizim asosida tashkil etmoqchimiz, - dedi prezident.

Mirziyoev xalqning yig‘ilib qolgan maishiy muammolariga e’tibor qaratmagan rahbarlar safida Toshkent viloyat hokimi Shukrullo Boboevni tilga oldi:

“Janob Boboev, siz bilan ham hisob-kitob vaqti keldi. G‘o‘ddayib yurishni yig‘ishtiring. Uddalasangiz, uddalang. Yo‘qsa siz bilan ham juma kuni hisob-kitob qilamiz”, dedi prezident.

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i kengesi Raisi Muso Erniyozovni Taxiatosh shahrida aholi muammolarini hal etolmayotganlikda tanqid qilgan Mirziyoev: “Ahvolni tuzatmasangiz, Taxiatoshga hokim qilib tushiramiz sizni”, deb ogohlantirdi.

Prezident videoselektor yig‘ilishida hukumat idoralarida majlisbozlik ko‘payib ketganini ham tanqid qildi. Shu kuni Prezident Mirziyoev majlislarni kamaytirish to‘g‘risidagiqarorni ham imzoladi.

Prezident rasmiy saytining bildirishicha, videoselektor yig‘ilishidan so‘ng Mirziyoev hududlarni iqtisodiy rivojlantirishning chora-tadbirlari belgilangan qarorni imzoladi.

Qarorda ta’kidlanishicha, har bir viloyat, shahar va tuman hokimlar, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlarga bo‘linadi.

“Sektorlar rahbarlariga hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini tashkil etish va hal qilish, shu jumladan, aholining eng muhim muammolarini yechish yuzasidan javobgarlik yuklash hamda vakolatlar beriladi”, deyiladi prezident qaroriga oid rasmiy sharhda.

XS
SM
MD
LG