Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:07

Mirziyoev qarorgohi bois uyi buzilganlar vaqtincha uysiz qoldi


O‘zbekiston prezidenti uchun yangi rezidensiya qurilishi bois uyi buzilgan o‘nlab kishilar Toshkent viloyat, Qibray tuman, Baytqo‘rg‘on qishlog‘idagi maktab¸ oromgoh va qarindoshlarining uylariga joylashtirilgan.

Ismi sir qolishini istagan Qibray tuman hokimligi mulozimiga ko‘ra¸ uyi buzilib¸ vaqtincha maktab va yaqinlarining uylariga joylashti.rilganlar ko‘pi bilan 20 kun ichida yangi uylarga ko‘chib o‘tishadi. Qibray tuman hokimligi mulozimining yana aytishicha, prezident qarorgohi qurilgani bois, uylari buzilganlarga kottejlar kaliti sentyabr oyida beriladi

Baytqo‘rg‘on qishlog‘idagi mahalliy aholi vakillari bilan suhbatlashgan Ozodlik mobil muxbirining aniqlashicha¸ Baytqo‘rg‘ondagi 21- maktabga uyi buzilganlardan ba’zilari joylashtirilgan. Shuningdek, muxbirmiz 15- maktab ichida ayollar va bolalarning yashayotganligini ko‘rgan. “Ular yangi uylarning tezroq bitishini zoriqib kutishmoqda”, dedi mobil muxbirimiz.

Baytqo‘rg‘ondagi maktab
Baytqo‘rg‘ondagi maktab

Ozodlik mobil muxbiri uyi buzilganlar uchun qurilaëtgan yangi uylarni borib ko‘rdi va u suhbatlashgan quruvchilardan biri bu uylarning 20 kun ichida bitishi amri-mahol ekanligini aytgan.

Unga ko‘ra,11 avgust kungi holatda uyi buzilganlar uchun qurilayotgan bir qavatli g‘ishtin uylar hali suvoqdan chiqmagan va tomi yopilgan xolos.

Baytqo‘rg‘onda qurilayotgan yangi uylar
Baytqo‘rg‘onda qurilayotgan yangi uylar

Har bir oila uy bilan ta’minlansin

Baytqo‘rg‘on qishlog‘ida yashaydiganlarning Ozodlik mobil muxbiriga aytishicha¸ ular “Bir buzilgan uy uchun bitta yangi uy beriladi”, degan holatdan norozi bo‘lishgan:

- Buzilgan uyda o‘ndan ziyod odam¸ uylangan aka-ukalar istiqomat qilgan bo‘lsa ham ularga faqat bitta uch yoki to‘rt xonali uy berishgan. (Gap qurilayotgan uylar haqida ketayapti - tahr.) Odamlar bundan norozi. Bu holatda hukumat barcha oila a’zolariga yetadigan qilib uy bilan ta’minlashi kerak, deb odamlar talab qilishmoqda, dedi ikki kun mobaynida Baytqo‘rg‘onni kezgan mobil muxbir.

Baytqo‘rg‘ondagi buzilgan uy
Baytqo‘rg‘ondagi buzilgan uy

Baytqo‘rg‘ondagi prezident qarorgohi qurilishi bois, o‘nlab uylar buzilgan va ko‘chalar kengaytirilib, archalar ekilgan. Mobil muxbir bilan suhbatlashgan mahalla turg‘unlari Baytqo‘rg‘ondagi "prezident trassasi", deb atala boshlagan yo‘l yana kengaytirilib atrofda yana uylar buzilishi mumkinligidan havotir bildirishgan.

Kompensatsiyami yoki ipoteka?

Ozodlik suhbatlashgan qibraylik ayol qarindoshlariga uyi buzilgani uchun berilgan (Gap qurilayotgan uylar haqida ketayapti) ​yangi uylar ipoteka krediti sifatida rasmiylashtirilganligini aytdi:

- Uylari buzib tashlangan odamlar uysiz qopketishdi. Qarindoshlarinikida yashavotti. Bizani qarindoshimizga yangi uy joy qiberishti. Lekin ular endi kredit to‘lashvotti yangi uyiga, dedi suhbatdosh.

Qibray tuman hokimligi mulozimi Ozodlik bilan suhbatda bu masalaga oydinlik kiritdi. Unga ko‘ra¸ buzilgan uy uchun berilgan tovon puli bilan yangi uy narhi orasidagi tafovut imtiyozli ipoteka krediti sifatida rasmiylashtirilgan va bu ham katta summa emas.

Hamma ham norozi emas

Baytqo‘rg‘onda yashovchi va o‘zini Ravshan Qodirov deb tanishtirgan uyi buzilganlardan biri “hech kim norozi emas. Uyi buzilganlarga namunali uy ham, yana bo‘sh yer ham berildi”, deya ta’kidladi:

- Qarorgox qurilishi munosabati bilan uyimiz buzildi. Lekin¸ oilamizga oid 12 sotixli eski oddiy uyni barcha narsasini to‘kis ko‘chirib yangi ko‘chgan joyiga oborib berishdi. Davlatdan norozi emasmiz¸ dedi Ravshan Qodirov.

Yo‘l bo‘yida yana uylar buziladi

Baytqo‘rg‘onlik 35 yashar yigitning Ozodlikka aytishicha, yo‘l bo‘yida yashaydigan xonadon sohiblari uy buzilishi borasida ogohlantirish olishgan.

- Endi Do‘rmondan boshlab Arg‘in¸Qibray¸ Baytqo‘rg‘ongacha bo‘lgan uylar buziladi, deb hokimlikdan ogohlantirib ketishdi. Chirchiqqacha buziladi, deyishdi. Bu yo‘l yoqasidagi uylar. Asosan, xonadonlar tushgan. Ularni buzib Yangibozordan yer berishar ekan¸ dedi suhbatdosh.

Мирзиëев қароргоҳи боис уйи бузилганлар вақтинча уйсиз қолди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:13 0:00

Baytqo‘rg‘onning martabasi oshdi

Joriy yilning 24 iyul kuni prezident tug‘ilgan kunida ochilgan qarorgoh Baytqo‘rg‘on qishlog‘ining Kangli ko‘chasidagi "Oq qovoq" temir yo‘l bekatiga yaqin yerda joylashgan.

Hozirda to‘liq baland devor bilan o‘rab olingan qarorgoh, taqriban bir necha gektarni egallagan.

Qibray tuman hokimligi rasmiysiga ko‘ra¸ qarorgoh buyurtmachisi O‘zbekiston Prezidenti ma’muriyatidir. Uning yana aytishicha, qurilish ishlariga prezident ma’muriyati rahbarining o‘rinbosari Oybek Tursunov bosh-qoshdir. Oybek Tursunov - O‘zbekiston prezidentining katta kuyovi.

"Prezident qarorgohi atrofida ulkan devor tiklanishi va qurilish bilan bog‘liq shovqin tinchini buzganidan baytqo‘rg‘onliklar nolimoqda",- dedi muxbirimiz.

O‘tgan yili O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov o‘lganidan keyin u ishlagan Oqsaroy¸ Ko‘ksaroy va Do‘rmon qarorgohi bo‘sh qolgan.

Shavkat Mirziyoev prezident bo‘lib saylanganidan keyin Oqsaroyga ko‘chib bormasdan¸ oldingi Alisher Navoiy kutubxonasi o‘rnida qurilgan Senat binosida faoliyat yurita boshlagan va o‘zining Qorasuv- 2 massivi, Shams ko‘chasidagi xovlisida yashab kelgan.​ Hukumat qaroriga ko‘ra, Oqsaroy muzeyga aylantirildi.

XS
SM
MD
LG