Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:20

Josuslikda ayblangan sobiq o‘zbek zobiti Erkin Musaev ozod etildi


O‘zbekistonda josuslikda ayblanib qamalgan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi sobiq xodimi Erkin Musaev 11 avgustda ozod etilgan. Bu haqda Parijdagi Markaziy Osiyoda inson huquqlari tashkiloti rahbari Nadejda Otaeva ma’lum qildi. Mudofaa vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar bosh boshqarmasining sobiq boshlig‘i, podpolkovnik Musaev 2006 yilda davlatga xoinlik qilish va josuslikda ayblanib 15 yilga qamalgandi.

Frantsiyadagi Markaziy Osiyoda Inson huquqlari tashkiloti rahbari Nadejda Otaevaning aytishicha, Musaev 11 avgustda ozod etilgan.

- Hozirgina Musaevning yaqinlaridan uning ozod etilgani haqda xabar topdik. Muntazam qiynoqlarni boshdan kechirgan Musaev Bekoboddagi qamoqdan kecha ozod etilgan. Bunday xushxabarlar ko‘p bo‘lishini tilab qolamiz, chunki yana ko‘plab adolatsiz qamalganlar qamoqda qolmoqda, - dedi Nadejda Otaeva Ozodlik bilan suhbatda.

Musaev BMT agentligida ishlayotgan paytida josuslik va BMT mablag‘ini suiste’mol qilishda ayblanib qo‘lga olingan, uning o‘zi esa bu ayblovlarni to‘la rad etgandi.

Uning qarindoshlari Musaev iqrornomaga oilasini tinch qo‘yish sharti bilan imzo chekishdan oldin u bir oy davomida kundalik kaltaklanish, tungi so‘roqlar va oilasiga bo‘lgan tahdidlardan aziyat chekkanini so‘zlab bergan.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga fizik olim Qodir G‘ulomov rahbarlik qilgan paytda Musaev vazirlikning Tashqi iqtisodiy aloqalar bosh boshqarmasining boshlig‘i lavozimida ishlagan.

U 2006 yilda davlatga xoinlik qilish va josuslikda ayblanib mahkamaga tortilgan va 15 yilga qamalgandi.

Internetda chiqqan xabarlarda podpolkovnik Erkin Musaevning Amerika Mudofaa vazirligi - Pentagonga O‘zbekiston va Rossiyaning harbiy sirlarini sotganlikda ayblangani haqida yozilgan edi.

O‘zbekiston Harbiy mahkamasi matbuot xizmati tarqatgan xabarda esa, janob Musaev, moddiy mukofotlanish evaziga xorijiy davlatlarning maxsus xizmatlariga maxfiy materiallarni etkazib turganligi aytilgandi.

2006 yil O‘zbekiston Harbiy mahkamasi, uni davlat sirlarini oshkor qilish va o‘z mansabiga sovuqqonlik bilan yondashishda ham ayblagan.

BMT Erkin Musaevning ustidan mahkama adolatsiz bo‘lgani haqida bayonot bergandi.

Aleksandr Makeev O‘zbekistonning sobiq Mudofaa vazirligiga fizik olim Qodir G‘ulomov rahbarlik qilgan paytda Qurollanish boshqarmasiga boshliq etib tayinlangan.
Aleksandr Makeev O‘zbekistonning sobiq Mudofaa vazirligiga fizik olim Qodir G‘ulomov rahbarlik qilgan paytda Qurollanish boshqarmasiga boshliq etib tayinlangan.

Shu yilning aprel oyida O‘zbekistonda josuslikda ayblangan yana bir sobiq zobit Aleksandr Makeevning ozod etilgani haqda Ozodlik xabar bergan edi.

2005-2010 yillarda O‘zbekiston Mudofaa vazirligining bir necha yuqori martabali mulozimlari, ular orasida generallar ham bor, AQSh foydasiga josuslik qilganlikda ayblanib, mahkamaga tortilgani ma’lum.

O‘zbekistonning sobiq mudofaa vaziri Qodir G‘ulomov ustidan ham o‘shanda yopiq mahkama jarayoni boshlangani haqida xabar qilingan, ammo rasmiylar G‘ulomov ustidan ham mahkama jarayoni bo‘lganini tasdiqlamagan, rad ham etmaganlar.

XS
SM
MD
LG