Линклар

Шошилинч хабар
14 ноябр 2019, Тошкент вақти: 21:28

Qirg‘izistonda aroq sotishni taqiqlagan hududlar soni kamida 12taga yetdi


Japalaq qishlog‘ida yo‘q qilinish uchun tayyorlab qo‘yilgan spirtli mahsulotlar.

Norin viloyatidagi Emgekchil qishlog‘ida aholi yarim million so‘m (7246 dollar)lik spirtli mahsulotlarni qishloqdagi do‘konlardan sotib olib yo‘q qildi. Emgekchil Norinda "spirtli ichimliklardan holi hudud", deb e’lon qilingan oltinchi, Qirg‘izistonda esa kamida 12-qishloq bo‘ldi.

Қирғизистонда ароқ сотишни тақиқлаган ҳудудлар сони камида 12тага етди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:01 0:00

-Men ham sizlarni qo‘llab-quvvatlay, deb do‘konimdagi 200 ming so‘mlik spirtli ichimliklarni 165 ming so‘mga berdim. Bugun kelishib, spirtli ichimliklarni yuklab ketishdi. Men ham bu tashabbusni qo‘llayman. Endi do‘konimizda aroq sotilmaydi, - dedi do‘kondorlardan biri Bolotbek Ajibaev.

Ma’lum bo‘lishicha, qishloq aholisi do‘konlarni spirtli ichimliklardan tozalash uchun 400 ming so‘m yig‘ib bergan. Qolgan yuz ming so‘mlik ichimliklarni do‘kondorlar o‘z ixtiyorlari bilan topshirganlar.

Emgekchil qishlog‘ini “spirtli ichimliklardan holi hudud”, deb e’lon qilish tashabbusi mahalliy yoshlar tomonidan ko‘tarilgan. Qishloqliklar uch oy mobaynida bu tadbirni amalga oshirish uchun pul to‘plagan.

Qishloq qariyalari ham yoshlarning bu tashabbusini qo‘llab, ularni duo qilib turishdi.

-Bu aroq degani juda yomon ekan. Shu aroqning kasofatidan nafaqat mening bolalarim, balki qishloqdagi juda ko‘p yoshlar buzilib ketdi. Qishlog‘imizni aroqdan tozalashga hissa qo‘shgan hamqishloqlarimizga, mulla akalarimizga, hammaga raxmat aytamiz, -dedi Nasiya Asanakunova.

Bundan avval ham Qirg‘izistonning qator qishloqlarida mahalliy aholi tashabbusi ortidan spirtli ichimliklarni sotish taqiqlangan edi.

“Spirtli ichimliklardan holi hudud”, deb e’lon qilingan qishloqlarni O‘sh viloyatining Qorasuv va Novqat, Jalolobod viloyatining Suzoq va Bozorqo‘rg‘on tumanlarida ko‘plab uchratish mumkin.

Emgekchil so‘nggi 7 oy ichida Qirg‘izistonda spirtli ichimliklar sotishni taqiqlaganini keng jamoatchilikka e’lon qilgan uchinchi qishloq bo‘ldi.

Fevral oyida Issiqko‘l viloyatining O‘rnak qishlog‘i, iyul oyida O‘sh shahri tarkibiga kiruvchi Japalaq qishloq hukumati “spirtli ichimliklardan holi hudud”, deb e’lon qilingan.

Avgust oyida esa Botken viloyati Qadamjoy tumanida foliyat yurituvchi o‘ndan ortiq imom qishloqlarni kezib, do‘kondorlarni spirtli ichimliklar sotmaslikka da’vat etayotgani xabar qilingan.

Qirg‘iziston muftiysi Maksat hoji Toktomushev 11 avgust kuni qadamjoylik imomlarning do‘konlarni qidirib da’vat qilayotgani muftiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasligini va bu tadbirni uyushtirgan imomlar jazolanishi mumkinligini bildirdi.

“Aroqning zarari asrlardan beri hammaga ma’lum. Biroq aroq ichishni va sotishni kimnidir majbur qilib taqiqlash noto‘g‘ri. Biz bu ishni taqiq orqali emas, odamlarni iymonga chaqirish, aroqning ziyon ekanini har bir odamning ongiga, qon-qoniga singdirish orqali amalga oshirsak, Islom dinining haqiqiy talablariga amal qilgan bo‘lamiz", - deb aytgan muftiy.

XS
SM
MD
LG