Линклар

Шошилинч хабар
14 ноябр 2019, Тошкент вақти: 21:29

O‘zbekiston Markaziy banki 50 ming so‘mlik yangi kupyura chiqara boshlaydi


50000 so‘mlik yangi kupyura namunasi

O‘zbekiston Markaziy bankining xabar berishicha, 22 avgustdan boshlab O‘zbekistonda qiymati 50000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgilari muomalaga chiqariladi.

Markaziy Bankka ko‘ra, 50000 so‘m bo‘lgan pul belgilari 144 x 78 mm. o‘lchamdagi himoyalangan qog‘ozda tayyorlangan.

"Banknotning o‘ng tarafidagi keng oq rangli sathda O‘zbekiston Respublikasi Gerbi va “50000” raqami ko‘rinishida suv belgisi mavjud. Oq rangli sathning chap tarafidan qog‘oz qatlamida “Darcha” va “3D” effektli yuzaga chiqib, ichkariga botuvchi eni 4 mm. bo‘lgan himoya ipi o‘tkazilgan. Banknot old tomonining markazida Mustaqillik maydonidagi "Ezgulik" arkasi tepasidagi parvozga shaylangan laylaklar tasvirlangan," deyiladi Markaziy bank tarqatgan xabarda.

Markaziy Bankning ma’lum qilishicha, oq rangli sathning yuqori qismidagi maxsus belgi arka tasviri ko‘rinishida bo‘lib, yorug‘likka qaratilganda arkaning rangi banknot orqa tomonidagi rangli fon bilan to‘ldiriladi.

Arkaning ostida banknot chiqarilgan yil “2017” ko‘rsatilgan.

Oq rangli sathning pastki qismida ko‘rish burchagiga qarab rangini bronza rangidan yashil rangga o‘zgartiruvchi va ushlab ko‘rilganda bilinadigan bo‘rtib turuvchi “50000” raqami mavjud.

Banknotning markazida “ANJUMANLAR SAROYI” me’moriy binosi tasvirlangan.

Muomalaga chiqarilayotgan qiymati 50000 so‘m bo‘lgan pul belgilari, ayni paytda muomalada bo‘lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va aholi tomonidan o‘z qiymati bo‘yicha barcha turdagi to‘lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart, deya ta’kidlanadi Markaziy bank xabarida.

Olti oy muqaddam O‘zbekistonda eng yirik banknot - 10 ming so‘m muomalaga chiqarilgan edi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda eng katta banknot 10 ming so‘mlik hisoblanadi.

10 ming so‘m rasmiy kurs bo‘yicha taxminan 2,5 AQSh dollariga teng.

XS
SM
MD
LG