Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:24

SpaceX fazoga superkompyuter yuboradi


Keyingi hafta boshida SpaceX shirkati Xalqaro fazo stansiyasiga yuk kemasini yuboradi.

Kema yuklari orasida superkompyuter ham bo‘lib, u fazogirlarga kelajakda turli missiyalarni bajarishda yordam berishi mumkin.

Dragon yuk kemasini olib parvoz qilishi kutilayotgan Falcon 9 raketasi dushanba kuni Florida shtatining Kanaveral burnidan uchiriladi.

SpaceX NASA bilan fazo stansiyasiga 20 marta yuk yuborish uchun 1,6 milliard dollarlik bitim imzolagan.

Dushanba kuniga belgilangan parvoz SpaceX uchun 12-rasmiy missiya bo‘ladi.

Dragon kemasi Xalqaroo fazo stansiyasiga 2900 kg yukni, jumladan, Hewlett Packard Enterprise shirkati tayyorlagan, The Spaceborne Computer deb ataluvchi kompyuterni olib boradi.

Fazogirlar kompyuterni bir yil davomida fazo sharoitlarida sinaydilar. Mars sayyorasiga yetib borish uchun aynan shuncha vaqt kerak.

Kompyuter yordamida yana bir necha tibbiy tajriba o‘tkazish rejalashtirilgan.

XS
SM
MD
LG