Линклар

Шошилинч хабар
12 декабр 2019, Тошкент вақти: 05:38

Bodom yurak xastaliklariga chalinish xavfini ozaytiradi


Bodom

Yangi izlanish natijalariga ko‘ra, muntazam ravishda bodom yeyish kishi tanasida zichligi yuqori alfa-lipoproteinlar (HDL) ko‘lamini oshiradi. Bu proteinlar “yaxshi xolesterin” nomi bilan ham ma’lum.

Journal of Nutririon jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, muntazam bodom iste’mol qilgan odamlarda zichligi yuqori alfa-lipoproteinlar ko‘payib, ularning ishlashi yanada yaxshilanadi.

Pensilvaniya shtati universiteti professori Penni Kris-Eterton: “Bodomni o‘z ichiga olgan dieta zichligi past alfa-lipoproteinlar yoki LDL xolesterinni kamaytirishi haqida ko‘p izlanishlar o‘tkazilgan”, dedi.

“Ammo yaxshi xolesterin hisoblanuvchi va yurak xastaliklari xavfini ozaytiruvchi HDL xolesteringa bodom qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida uncha ko‘p izlanish yo‘q”.

Yaxshi xolesterin to‘qimalardagi, jumladan, arteriyalardagi xolesterinni to‘plab, ularni organizmdan chiqarib yuborishda ko‘maklashadi.

Kris-Eterton bodom yurak xastaliklariga chalinish xavfini butunlay yo‘q qilmasa-da, uni iste’mol qilish foydadan xoli emasligini ta’kidladi.

Bodom yurak kasalliklari oldini olish bilan birga, organizmni yaxshi yog‘lar, E vitamini hamda tola bilan ta’minlaydi.

XS
SM
MD
LG