Линклар

Шошилинч хабар
24 январ 2021, Тошкент вақти: 15:19

OzodMikrofon: “O‘n yil oldin buzdirilgan do‘konim uchun yer ham, tovon puli ham ololmadim”


OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan qo‘qonlik tadbirkor Avazbek Hojimatovning arz qilishicha, dehqon bozori ichidagi do‘koni bundan o‘n yil oldin qayta shunday do‘kon qurib berish yoki tovon puli berish va’dasi bilan hokim tomonidan buzdirilgan. Ammo, tadbirkorning iddao qilishicha, shu paytgacha do‘kon o‘rniga do‘kon ham, tovon puli ham berilmagan.

Bozorda qayta qurilgan yangi do‘konlar juda ham qimmat baholangani uchun, Avazbek Hojimatov va boshqa tadbirkorlar uni sotib ola olmagan.

Hozir 300 ming so‘m maoshga qorovul bo‘lib ishlayotgan sobiq tadbirkor, og‘ir iqtisodiy sharoitda yashayotganini aytadi:

OzodMikrofon: “Ўн йил олдин буздирилган дўконим учун ер ҳам, товон пули ҳам ололмадим”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:59 0:00
Бевосита линк

----------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG