Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:41

Ozodlik videosi ortidan ayolning sochini yulgan militsiya zobiti prokuraturaga chaqirtirildi


ВИДЕО: Жиззахда милиция зобити аëлнинг сочини юлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:58 0:00

Ozodlik Jizzax shahri markazida militsiya zobiti o‘rta yoshlardagi ayolning sochini ikki qo‘li bilan tortayotgani aks etgan videoni e’lon qilganidan bir kun o‘tib mazkur voqea bo‘yicha shahar prokuraturasi surishtiruv boshladi. Bu ma’lumotni Ozodlik 16 avgust kuni Jizzax shahar ichki ishlar bo‘limidan oldi.

Hodisa Jizzaxdagi Grand Royal mehmonxonasi oldida seshanba kuni ertalab ro‘y bergan.

ВИДЕО: Жиззахда милиция зобити аëлнинг сочини юлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:58 0:00

Ozodlik ayolni sochidan tortib, unga kuch qo‘llagan militsiya zobiti Jizzax shahrining Bobur mahallasida uchastka noziri bo‘lib ishlovchi leytenant Dilshod Mahmudov ekanini aniqladi.

Jizzax shahar ichki ishlar bo‘limi mulozimining Ozodlikka aytishicha, Mahmudov hodisadan bir kun o‘tib, Jizzax shahar prokuraturasiga chaqirtirilgan va sochidan tortgan ayolning shikoyat arizasi asosida unga nisbatan ma’muriy ish ochilgan.

- Bu bilan prokuratura shug‘ullanyapti, nima bo‘lganini ular bilishadi, - dedi Jizzax shahar IIB mulozimi.

Zo‘ravon militsiya zobiti ustidan surishtiruv boshlanganini Jizzax shahar prokuraturasi mulozimi ham tasdiqladi.

- Bu bo‘yicha bir ayoldan shikoyat kelib tushdi bizga va shu shikoyat asosida bugun Mahmudov so‘roqqa chaqirtirildi. Bu bo‘yicha surishtiruv olib borilyapti, - dedi Ozodlik bilan suhbatda Jizzax shahar prokuraturasining ismi sir qolishini istagan xodimi.

Ayol va militsiya noziri o‘rtasidagi to‘qnashuvga nima sabab bo‘lgani ma’lum emas.

Prokuratura mulozimi tergov siri vajidan bu haqda ma’lumot berolmasligini aytdi.

Ozodlik uchastka noziri Dilshod Mahmudovning o‘zi bilan ham bog‘landi.

U voqeani eshitgach, "shamol bo‘lmasa daraxtning uchi qimirlamaydi", deya javob qildi va 5 minutdan so‘ng qo‘ng‘iroq qilishimizni so‘rab, telefon go‘shagini qo‘yib qo‘ydi.

Biroq 5 minutdan keyin ham, 1 soatdan keyin ham uchastka noziri qo‘ng‘iroqlarga javob bermadi.

Zo‘ravon militsiya xodimlari

O‘zbekistonda ichki ishlar xodimlarining kuch qo‘llashi ko‘p uchraydigan xolatdir.

O‘tgan hafta toshkentlik 25 yashar homilador ayol kechqurun Yunusobod tumanidagi Xotira maydonida sayr qilib yurganida uni ichki ishlar xodimlari fohishalikda gumonlab, mashinaga tiqib ichki ishlar bo‘limiga olib ketgani haqda Ozodlikka gapirib bergan edi.

Yunusobod tumani ichki ishlar bo‘limining o‘zini tanishtirmagan mulozimi, 7 avgust kuni shunday voqea bo‘lganini tasdiqladi va bu ishga Xotira maydoni uchastka noziri Bobur To‘xtaev mas’ul ekanligini aytgan.
Yunusobod tumani ichki ishlar bo‘limining o‘zini tanishtirmagan mulozimi, 7 avgust kuni shunday voqea bo‘lganini tasdiqladi va bu ishga Xotira maydoni uchastka noziri Bobur To‘xtaev mas’ul ekanligini aytgan.

O‘tgan yil mart oyida esa Samarqandda ikki nafar militsiya xodimi bir ayolni mashina yukxonasiga solishga urinayotgani tasvirlangan video Ozodlikka kelib tushgan edi.

Икки милиция ходими аëл кишини машина юкхонасига солмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:14 0:00

Bundan avval Toshkentda fuqarolik kiyimidagi militsiya xodimlari va mahalliy uchastka noziri Chilonzordagi xonadonda ikki yigitni so‘kib do‘pposlashi aks etgan videoni Ozodlik e’lon qilgan edi.

Videoda ayollar ich kiyimini kiyib olgan transvestit yigit "Iltimos qo‘yib yuboringlar, oilam bor" deganini eshitish mumkin.

Operativ xodim esa uning yuziga tepib "Xozir shu ko‘rinishda ROVDga ketasan" deb po‘pisa qiladi.

Ўзбекона қонунчилик
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:28 0:00

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev fevral oyida o‘tkazgan selektor yig‘ilishida militsiya faoliyatini qattiq tanqid qilib, xalqning ulardan norozi ekanligini uqtirgan edi:

- O‘tgan yili 4518 nafar xodim, shundan 966 nafar xodim salbiy holatlarga ko‘ra ichki ishlar idoralaridan bo‘shatilgan. Ulardan aksariyati poraxo‘rlik, mansab vakolatini suiiste’mol qilish, mansab vakolatlari doirasidan chetga chiqish kabi jinoyatlarni sodir etgan. Bunday holatda aholi orasida ichki ishlar xodimi obro‘sini qanday qilib oshirish mumkin? Qonun himoyachilarining o‘zi jinoyat sodir etsa, oddiy odam dardini kimga aytishi kerak? –degan edi Mirziyoev.

XS
SM
MD
LG