Линклар

Шошилинч хабар
25 июн 2022, Тошкент вақти: 06:05

Abdulla Aripov: O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarini yangi sahifadan boshlashimiz shart


Abdulla Aripov Bishkekda prezident Almazbek Atambaev tomonidan qabul qilindi.

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning Bishkekka safari doirasida o‘zbek-qirg‘iz chegarasining 1170 kilometri aniqlanib bo‘linganini tasdiqlash to‘g‘risidagi oraliq bitim imzolandi. 7 yil davomida olib borilgan muzokaralar natijasi o‘laroq mazkur bitimning qabul qilinishini hukumat rahbarlari tarixiy voqea sifatida baholadilar.

Абдулла Арипов: Ўзбекистон-Қирғизистон муносабатларини янги саҳифадан бошлашимиз шарт
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:51 0:00

Bishkekdagi “Ala Archa” rezidentsiyasida O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasini aniqlash bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning derli sakkiz soat davom etgan yig‘ilishidan so‘ng chegaraning 1170 kilometri aniqlanib bo‘linganini tasdiqlash to‘g‘risidagi oraliq bitim imzolandi.

Ўзбек ва қирғиз расмийлари Бишкекда музокара ўтказди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:13 0:00

O‘zbekiston delegatsiyasi muzokaralar davomida bir necha marta tanaffus olib, telefon orqali Toshkent bilan maslahatlashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralar so‘nggida bitim imzolanishi hukumat rahbarlari tomonidan “tarixiy voqea” sifatida baholandi.

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Bishkekda erishilgan kelishuvlarni “hamkorlikning qayta boshlanishi” sifatida baholadi.

-Umid qilamanki, bu boshlanishi xolos. Biz munosabatlarimizni qaytadan ko‘rib chiqib, yangi sahifadan boshlashimiz kerak. Ikkinchidan. Biz qo‘ldan boy bergan vaqtning o‘rnini to‘ldirishga harakat qilishimiz lozim, -dedi Abdulla Aripov.

Qirg‘iziston bosh vaziri So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov muzokaralar davomida, jumladan, ikki davlat o‘rtasidagi chegaralarni to‘liq ochish masalasi ham muhokama qilinganini aytdi. Biroq chegaralarning ochilishi bo‘yicha aniq muddatlar va jarayonlar to‘g‘risida ma’lumot berilmadi.

-Muhtaram Abdulla Nigmatovich bilan o‘rtadagi to‘siqlar olib tashlanmagunicha, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish mumkin emas, degan yakdil fikrga keldik.Qirg‘iz-o‘zbek chegarasidagi o‘tkazish punktlari faoliyatini qayta jonlantirish kerakligini ta’kidladik. Shuningdek, hamkorlikda investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirib, qo‘shma korxonalarni ochish shart, deb hisoblaymiz, -dedi So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov.

Aytib o‘tish lozimki, Bishkekda o‘zbek-qirg‘iz hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha davlatlararo komissiyaning yig‘ilishi ham o‘tkazildi. Mazkur komissiya so‘nggi 9 yilda birinchi marta muzokaralar stoli atrofiga yig‘ildi.

Chegaralarni aniqlash bo‘yicha komissiya esa 2016 yilning oxiridan to shu kungacha 15 marta uchrashdi va 7 yil davomida olib borilgan muzokaralar natijasi o‘laroq chegaraning 1170 kilometri aniqlanib bo‘linganini tasdiqlash to‘g‘risidagi oraliq bitim imzolandi.

Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Jenish Razzaqovning bildirishicha, mazkur bitim siyosiy harakterga ega va bitimning texnik jihatlari bundan buyon muhokamalar mavzusiga aylanadi.

Chegaraning aniqlab bo‘lingan bu qismini tasdiqlash to‘g‘risidagi shartnoma prezident Almazbek Atambaevning yaqin kunlarda Toshkentga qiladigan rasmiy tashrifi doirasida prezidentlar tomonidan imzolanishi kutilmoqda. Atambaevning Toshkentga borishi muzokaralar chog‘ida e’lon qilindi, biroq bu safar qaysi kuni amalga oshirilishi aniq aytilmadi.

16 avgust kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov amaliy tashrif bilan Bishkekka kelgan edi.

O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan chegarasi 1378 kilometrni tashkil qiladi.

XS
SM
MD
LG