Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:42

"Turkmaniston prezidenti xavfsizlik xizmati sobiq rahbari qamoqda vafot etdi"


Aqmurat Rejepov
Aqmurat Rejepov

"Memorial" inson haqlarini himoya qilish markazining xabar berishicha, Turkmaniston sobiq prezidenti Saparmurot Niyozovning xavfsizlik xizmati boshlig‘i Aqmurat Rejepov bir hafta muqaddam qamoqxonada vafot etgan.

Aqmurat Rejepov 10 yil muqaddam prezident Niyozov o‘limidan ko‘p o‘tmay qamoqqa olingan va noma’lum qamoqxonada ushlab turilgan edi.

Qarorgohi Moskvada joylashgan "Memorial" markazining Markaziy Osiyo bo‘yicha loyihasi rahbari Vitaliy Ponomaryovning aytishicha, Rejepov qarindoshlariga uning 10 avgustda tromboz (qonning to‘planib qolishi) kasalidan vafot etgani xabar qilingan.

Turkmaniston rasiylari Rejepov jasadini ayni kunning o‘zidayoq uning yaqinlariga topshirganlar.

"Memorial" 16 avgustda tarqatgan xabariga ko‘ra, janoza marosimi 17 kuni Lebap viloyatida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

"Seriy kardinal" laqabi bilan tanilgan general-leytinant Rejepov Saparmurot Turkmanboshining eng yaqin shaxslaridan biri sifatida ko‘rilardi.

U Niyozov Sovet Turkmanistoniga boshliq bo‘lgan 1985 yildan boshlab uning qo‘riqchilari boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Turkmaniston sobiq rasmiylariga ko‘ra, Rejepov 2006 yil dekabrida Saparmurot Niyozov vafot etishi ortidan prezident Gurbanguli Berdimuhammedovning qudratga kelishida muhim rol o‘ynagan shaxslardan hisoblanadi.

Ammo Berdimuhammedov 2007 yilning 15 mayida Rejepovni prezident xavfsizlik xizmati boshlig‘i lavozimidan olib tashlab, korrupsiya ayblovi bilan qamoqqa oldi.

2007 yil iyulida Rejepov pora olish, tovlamachilik, firibgarlik, soliqlardan bosh tortish va jinoiy guruh tuzishda aybdor deb topilib, 17 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Turkmaniston rasmiylari hech qachon Rejepov jazo muddatini o‘tayotgani haqida rasmiy bayonot bermagan esa-da, uning Ashxobod tashqarisidagi Ovadan Tepa qamoqxonasida ushlab turgani ishonilardi.

Rejepov nomi oxirgi yillarda Turkmaniston qamoxonalarida g‘oyib bo‘lgan 100dan ziyod "maxsus mahkumlar"ning taqdiriga oydinlik kiritish talabi bilan "Ularni tiriklayin ko‘rsating" xalqaro kampaniya olib boriladi.

XS
SM
MD
LG