Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2019, Тошкент вақти: 05:35

Diniy idora vakili: “Hijobga ruxsat berilmagan!”


O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosarining Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan yig‘ilishda ayollar ro‘moli haqidagi savollarga javobi ijtimoiy tarmoqlarda bahsu-munozaralarni keltirib chiqardi. Tarmoqlar foydalanuvchilarining ko‘pi mulozimning "ro‘mol – diniy libos emas" degan gapini xushxabar sifatida qabul qilib, o‘z xursandchiligini izhor etmoqdalar. Ammo, Ozodlik suhbatlashgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakili, bu yig‘ilishda hijob haqida emas, o‘zbek ayollari o‘rab yuradigan oddiy ro‘mol haqida gap borganini aytdi.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlar idorasi, Toshkent Islom universiteti va bir qancha diniy tashkilotlar vakillarining 15 avgust kuni o‘tkazgan yig‘ilishda musulmon ayollarning libos masalasi ham muhokama qilingan.

Диний идора вакили: “Ҳижобга рухсат берилмаган!”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:55 0:00
Бевосита линк

Yig‘ilishda din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari O‘tkir Hasanboev ayollar o‘rab yuradigan ro‘mol haqida so‘ralganda bunday deb javob bergan:

"Din ishlari qo‘mitasi, mutasaddi tashkilotlar, maslahatchi-ekspertlar ham ro‘molni hech qachon diniy libos sifatida e’tirof etmagan. Agar ro‘molni diniy libos sifatida qaralayotgan vaziyatga duch kelsangiz, bizga murojaat qilishingiz mumkin. Biz bu masalani ko‘rib chiqishga tayyormiz", degan qo‘mita raisi o‘rinbosari.

Ammo, yig‘ilishdagi gap ayollar boshiga o‘rab yuradigan - ro‘mol haqidami yoki hijob borasida borganmi, bunga aniqlik kiritilmagan.

Ro‘mol o‘rashning oliy va umumta’lim maktablariga ham tegishli yoki tegishli emasligi ham oydinlashtirilmagan.

Yig‘ilish haqidagi xabarlar mahalliy Internet nashrlarida paydo bo‘lganidan so‘ng, foydalanuvchilar orasida bahsu-munozara avj oldi.

“Hukumat ayollarga jamoat joylarida hijobda yurishiga ruxsat beribdi”, degan mazmundagi shukronalik sharhlaridan tashqari ayrim ijtimoiy tarmoq faollari bu masala to‘la-to‘kis oydinlashtirilmagani haqida gapira boshladilar:

“Bularni aytgan gapini xalq qachondan beri aytib keladi. Bular aniq tashabbus bilan Oliy Majlisga chiqib, 14-moddaga izoh berishini so‘rashmaydimi? Ro‘mol diniy libos bo‘lmasligi mumkin, lekin hijobchi? So‘z o‘yini qilyapti, bular”, deb yozadi Abdullo ismli Feysbuk foydalanuvchisi.

Mushtariy nazarda tutgan O‘zbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasida "Fuqarolarning jamoat joyida diniy libosda yurishiga yo‘l qo‘yilmaydi" deyilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining o‘zini tanishtirmagan mulozimi Ozodlik bilan suhbatda Milliy matbuot markazida o‘tkazgan yig‘ilishda ishtirok etganini gapirar ekan, bu yig‘ilishda faqat ro‘mol haqida gap borganini aytdi:

“U yerda hijob haqida emas, ro‘mol diniy libos emasligi haqida gap ketgan. Ro‘mol diniy libos hisoblanmaydi. Momolarimiz, buvilarimiz taqib kelgan ro‘mol haqida masala ko‘tarildi. Maktablarda, oliy o‘quv yurtlarida qizlarimizning hijobda kelishi taqiqlangan. Faqat ro‘mol haqida gapirilgan”, dedi idora mulozimi.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitadan Ozodlik bu masalaga izoh ololmadi.

XS
SM
MD
LG