Линклар

Шошилинч хабар
14 декабр 2019, Тошкент вақти: 12:38

Qurultoy: Nega lotinga o‘tish haqidagi qonun bajarilmadi?


1993 yil 2 sentabrda O‘zbekiston Respublikasining o‘sha paytdagi prezidenti Islom Karimov "Lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish haqida"gi qonunni imzolagan edi.

Oradan 16 yil o‘tib ijtimoiy tarmoqlarida, O‘zbekiston uchun Kirill alifbosida qolish yaxshimi yoki Lotinga o‘tish, degan savol atrofida gap-so‘z urchidi.

Bu gap so‘zlar manzarasida Ozodlik stduyasiga yig‘ilgan mutahassis va faollar Nega lotinga o‘tish haqidagi qonun bajarilmadi¸ degan savol javobini muhokama qilishdi.

Tadbirkor va sobiq davlat mulozimi Anvarmirzo Husainov “Kirilga qaytish bilan O‘zbekiston Rossiya mehrini qozonadi” degan ma’noda geopolitik manfaat haqida gapirdi.

Iqtisod fanlari doktori Xolnazar Omonov esa “Milliy manfaat geopolitikaga qurbon qilinmaydi” deya lotin yozuvi haqidagi qonun ijrosi ta’minlanishi lozimligini urg‘uladi.

Lotin yozuvida xat savodi chiqqan 27 yashar huquqshunos Jonuzoq Halil lotin yozuvi O‘zbekistonni taraqqiyot sari boshlashi borasida to‘xtaldi.

Қурултой эшиттириши
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:43:02 0:00
Бевосита линк

Nega bu masala ko‘tarildi?

10 avgust kuni adabiyotshunos, "Jahon adabiyoti" jurnalining Bosh muharriri Shuhrat Rizaevning "Prezidentga maktub" ochiq xati e’lon qilingan edi.

"Kitob dunyosi" veb-saytida e’lon etilgan maqola O‘zbekiston Kirill alifbosiga qaytishi lozim degan taklif ilgari surilgan.

Shuhrat Rizaevning ushbu taklifiga qarshi chiqqan ziyolilarga internetdagi Kun. Uz nashri minbar bo‘lmoqda.

#Kirillgaqaytmaymiz heshtegi ostida O‘zbekistonda tug‘ilmagan o‘zbeklarning Prezident Shavkat Mirziyoevga murojaati ham e’lon qilindi.

Bu murojaatda mamlakat tashqarisida tug‘ilib voyaga yetgan o‘zbeklar uchun Lotin alifbosi birlashtirgan omil ekani ta’kidlanadi.

XS
SM
MD
LG