Линклар

Шошилинч хабар
12 ноябр 2019, Тошкент вақти: 06:52

Olimlar Yer yuzida jonzotlar qachon paydo bo‘lganini aniqladi


Bunday qariyb yarim milliard yil avval Yer sayyorasida yirik muz davri boshlangan. Yangi izlanish natijalariga ko‘ra, aynan shu muz davri Yerda murakkab hayot rivojlanishiga zamin yaratgan.

Yer yuzida uzoq payt sodda mikroblar hukmronlik qilgan. Ushbu sodda organizmlar qachon va qay yo‘sinda murakkab jonzotlarga aylana boshlagani olimlarni qiziqtirib keladi.

Avstraliya milliy universiteti saqlanib qolgan uglevodorod bioko‘rsatkichlari yordamida Archaeplastida nomi bilan ma’lum bo‘lgan murakkab organizmlar qachon rivojlanganini aniqlashdi.

Universitet xodimi Joxen Broks: “Ushbu molekulalar bundan 650 million yil oldin [hayot] juda qiziq bo‘la boshlaganini ko‘rsatadi. Bu ekotizimlar inqilobi, suv o‘tlarining isyoni bo‘lgan”, dedi.

Suv o‘tlari ko‘paya boshlagan paytda Yer yuzini egallab turgan muzliklar eriy boshlagan bo‘lgan.

“Yerni 50 million yildan oshiq payt muz qoplab turgan”, dedi Broks.

Yirik muzliklar butun boshli tog‘ tizimlarinini kukunga aylantirgan, bu esa ko‘plab ozuqani yuzaga chiqargan. Global isish davomida qor eriganidan keyin daryolar ushbu ozuqalarni okeanlarga oqizib borgan.

Tog‘lardan chiqqan ozuqalar resurslarga bo‘lgan raqobatni sustlashtirgan. Natijada evolyutsiya uchun sharoit yaratilgan.

Kriogeniy davrida sodir bo‘lgan mazkur o‘zgarishlarsiz murakkab hayot rivojlanishi kechikkan bo‘lar edi.

Ushbu izlanish natijalari Nature jurnalida chop etildi.

XS
SM
MD
LG