Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:44

O‘zbekistonda 1 ta qozonda 6 tonna osh damlandi


17 avgust kuni Toshkent viloyatidagi Olmaliq shahrida bitta qozonda 6 tonna osh damlandi. Ekspertlar fikricha, bu O‘zbekiston tarixida bitta qozonda pishirilgan eng katta oshdir. Bu haqda xabar qilgan uznews.uz saytiga ko‘ra, rekord qo‘ygan palov, diametri 4,2 metrli, qariyb 8 ming litr suv sig‘adigan, ataylab shu oshni pishirish uchun Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida yasalgan qozonda damlandi.

Qozonning vazni 7070 kg, chuqurligi 1 metr, qozon o‘rnatilgan o‘choq vazni qariyb 3 tonnadir.

6 tonnali oshni pishirish uchun 1650 kg gurunch, 826 kg mol go‘shti, 825,5 kg qo‘y go‘shti, 195 kg dumba yog‘i, 2,4 tonna sabzi, 185 kg piyoz, 350 litr o‘simlik yog‘i, 480 kg tuz ishlatildi.

Oshga 4,5 kg zira, 165 kg zirk, 90 kg no‘xat, 3 kg murch solindi.

Palovni O‘zbekistonning turli mintaqalaridan kelgan 50 oshpaz pishirdi. Oshpazlar uzunligi 2 metrdan ziyod kapgirlardan foydalandi.

Osh tadbir ishtirokchilari hamda 22000 dan ziyod olmaliqlikka tortildi.

6 toonalik oshni pishirish va uni mehmonlarga tortish uchun bir kecha-kunduz davomida turli kasb egalari bo‘lgan 150 kishi xizmat qildi.

Uznews.uzning Milliy telekanalga tayanib yozishicha, Olmaliqda pishirilgan osh dunyodagi eng katta oshni pishirishga tayyorgarlikdir.

Ginnes rekordlar kitobiga kirish uchun jahon rekordini o‘rnatishga 8 sentabr kuni o‘tkaziladigan an’anaviy “O‘zbegim” festivalida urinib ko‘rmoqchilar.

XS
SM
MD
LG