Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 14:46

OzodMikrofon: “Prezident kredit ber deyapti, banklar esa pul yo‘q, deyapti”


Farg‘ona viloyat, Marg‘ilon shahridan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan Sherali Abdullaev poyafzal ishlab chiqarish korxonasi ochish niyatida shahardagi barcha banklarga kirib chiqqani, ammo banklar uch oydan buyon “resurs qolmagan”, degan bahonada kredit bermayotganidan shikoyat qildi.

Kamida sakkiz odamga ish o‘rni yaratmoqchi ekanligini aytgan tadbirkor, prezidentning “ikkita ish o‘rni yaratgan tadbirkorni bag‘rimga bosaman”, degan gapidan ilhomlanib, bankka kafolat uchun qo‘yadigan noturar uy-joyni ham tayyorlab qo‘yganini ta’kidlaydi.

OzodMikrofon: “Президент кредит бер деяпти, банклар эса пул йўқ деяпти”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:24 0:00
Бевосита линк

----------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG