Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 12:25

Turkiyaga davolanishga borgan o‘zbekni fohishalikka majburlagan buxorolik aka-uka ishi sudga oshdi


O‘zbek ayollarini jinsiy qullikda ushlagan guruh a’zolari qo‘lga olindi. (Ozodlik arxividan)
O‘zbek ayollarini jinsiy qullikda ushlagan guruh a’zolari qo‘lga olindi. (Ozodlik arxividan)

Turkiyaning Qo‘jaeli (Kocaeli) shahrida O‘zbekiston vatandoshlarini uy supurish va kasalga qarash kabi ishlar uchun chaqirib, fohishalik qilishga majburlagan jinoiy guruh qo‘lga olindi.

Turkiyadagi Do‘g‘on habar agentligi (DHA) tarqatgan ma’lumotga ko‘ra¸ Qo‘jaeli politsiyasi 17 avgust, payshanba kuni o‘tkazgan reyd davomida jinsiy qullikda tutilgan O‘zbekiston vatandoshlari ozod qilinib mamlakatiga qaytarilgan.

O‘zbek ayollarini jinsiy qullikda ushlagan guruh a’zolari qo‘lga olingan va ularninng uyidan iznsiz saqlangan qurol-yarog‘ musodara qilingan.

Turkiya matbuotida fohishalikka majburlangan yoki o‘zi istagi bilan tanini sotayotgan o‘zbek ayollar haqida kunora maqola yoziladi.

Ozodlikning Istanbuldagi muxbiri Elvira Bug‘doychievaning aytishicha¸ keyingi 3 yil ichida Turkiyada o‘zbek fohishalarini yollaydigan jinoiy to‘da faollashgan:

- 12 yildan beri Istanbulda yashayman¸ keyingi 3 yil ichida o‘zbek fohishalari ko‘payganini kuzatdim. Ikki kun oldin Istanbulning o‘zbek fohishalari gavjum bo‘lgan Oqsaroy tumani Lolali mahallasidagi vaziyatni tungi 12 dan tonggi 3 gacha videotasvirga oldim. Kuzatganim shuki, fohishalar ham fohishaxona egasi ham o‘zbek. O‘zbekni o‘zbek¸ qirg‘izni qirg‘iz sotib yotibdi. Qo‘jaelida qo‘lga tushgan 5 nafar o‘zbek ayoli axborot agentligiga fohishalikka majburlandim, deb aytgani to‘g‘risida men ham o‘qidim. Ammo men gaplashgan Shirin degan qiz o‘z hohishi bilan tanini sotish uchun kelganini aytdi,- deydi Istanbuldagi fohishaxonlar haqida lavha mualifi Elvira Bug‘doychieva.

Ayni paytda, boshqacha taqdirlar ham bor.

Ozodlik Istanbulning Bojilar mahallasida 2016 yil oxirida 3 oy jinsiy qullikda tutilganini aytgan 37 yashar toshkentlik ayol Sevara G‘ulomova bilan suhbatlashdi.

G‘ulomovaning iddao qilishicha, u Istanbulda biri 29 yashar va yana biri 34 yoshda bo‘lgan buxorolik aka-uka M.A. va M. Sh. lar tarafidan majburan jinsiy qullikda ushlab turilgan.

Odam savdosida gumonlangan O‘zbekiston vatandoshi
Odam savdosida gumonlangan O‘zbekiston vatandoshi

Mijozlaridan biri ko‘magida 2017 yil boshida jinsiy qullikdan qutulishga muvaffaq bo‘lgan G‘ulomova Toshkent aeroportiga kelib tushishi bilan o‘zini qullikka solganlar ustidan shikoyat yozdi.

Bu ishni tergov qilgan O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi tergovchisi Sherzod Shodmonovning Ozodlik muxbiriga aytishicha, G‘ulomovani fohishalik qilishga majburlagan M.A. qo‘lga olingan¸ M.Sh. esa qidiruvga berilgan:

-Turkiyada odam savdosi bilan shug‘ullangan M.A. ismli 1983 yili Buxoro viloyatida tug‘ilgan shaxs ustidan tergov ishi tugadi. Ish sudga oshirildi. Guvohlar ko‘rsatmasi va boshqa isbot-dalillar asosida unga O‘zbekiston JK 135- moddasi (Odam savdosi) bo‘yicha aybi qo‘yildi. Uning ukasi 1989 yilda Buxoroda tug‘ilgan M.Sh. esa, qidiruvga berildi¸ dedi tergovchi.

“Kasalligimdan foydalanib zo‘rlashdi”

Transport prokuraturasi tarafidan ochilgan jinoyat ishida odam savdosi qurboni sifatida ismi zikr qilingan Sevara G‘ulomova Ozodlikka o‘zining qanday qilib “papa-rozalar” qo‘liga tushib qolganini aytib berdi.

- Bachadon rakiga chalinganim bois, davolanish uchun Turkiyaga opamning hamrohligida bordim. O‘shanda bu ikki buxorolik aka-uka chiqib o‘zimiz yordam beramiz, mehmonxonada turmang, deb uyiga obketishdi. Yana bir M. ismli qiz ham bor edi. Opam meni ularga topshirib, Toshkentga qaytgan kundan boshlab surunkali urib turk mijozlarga sota boshladi,- deya iddao qilgan G‘ulomova so‘zlariga dalil sifatida momataloq bo‘lgan badanining suratlarini yubordi.

Jabrlanuvchi Sevara G‘ulomova yuborgan rasm
Jabrlanuvchi Sevara G‘ulomova yuborgan rasm

Ozodlik bilan suhbatda G‘ulomova o‘ziga jabr qilgan “papa-roza” yuqori lavozimdagi akaxonlari ko‘magida sud zalidan ozod bo‘lishidan xavotir bildirdi.

Туркияда ўзбек аëлларини фоҳишаликка мажбурлаган гуруҳ қўлга олинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:33 0:00

Tergovchi Sherzod Shodmonov Ozodlik muxbiri bilan suhbatda “Bosimlar ish bermasligi va ayblanuvchi kamida 8 yilga ozodlikdan mahrum qilinishini aytdi.

Shodmonov 2008 yilda qabul qilingan “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun asosida bu taxlit jinoyat ishlari jiddiy nazoratda bo‘lishiga e’tibor qaratdi.

XS
SM
MD
LG