Линклар

Шошилинч хабар
17 ноябр 2019, Тошкент вақти: 06:49

O‘zbekistonga keltirilgan go‘sht va un aksiz soliqlaridan ozod qilinadi


Andijon bozoridagi go‘sht rastasi

O‘zbekiston prezidenti 15 avgustda chiqargan yangi qarorga muvofiq, 1 sentabrdan O‘zbekistonga keltiriladigan go‘sh va undan aktsiz soliqlari butunlay olib tashlanadi.

Bu haqda O‘zbekistondagi mahalliy nashlar Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmatiga tayanib xabar qildi.

Shuningdek, mahsulotlarning ba’zi turlari, jumladan yirik shoxli qoramol va cho‘chqa go‘shti, cho‘chqa yog‘i, uy parrandalari yog‘i va boshqa turdagi go‘sht mahsulotlariga hamda qahva, bug‘doy uni va hayvonlarni boqish uchun em mahsulotlari belgilangan aktsiz soliqdan ozod etilgan.

Tashqi Savdo vazirligiga ko‘ra, yangi tartibni joriy etishdan raqobatni kuchaytirish va mahsulotlar narxini ushlab turish maqsadi ko‘zlangan.

Firibgarlik yo‘li bilan narxlarning sun’iy o‘zgarishi, chayqovchilik faoliyati orqali sun’iy tovar aylanmasining hajmiga ta’sir o‘tkazishni oldini olish ham maqsad qilingan.

Yangi choralar O‘zbekistonda go‘sht va go‘sht mahsulotlari keskin ko‘tarilgani manzarasida kuzatilmoqda.

O‘zbekistonlik sotuvchi va xaridorlarga ko‘ra, may oyi boshidan buyon mamlakatda mol va qo‘y go‘shti 10, 15, ba’zi joylarda hatto 20 foizgacha qimmatlab ketdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev bozordagi narxlarni nazorat qilish maqsadida iyun oyida hukumat komissiyasi tuzgandi.

XS
SM
MD
LG