Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:30

Rossiya mintaqalardagi saylovni "nomaqbul" nomzodlardan tozalamoqda


Yevgeniy Royzman matbuot anjumanida
Yevgeniy Royzman matbuot anjumanida

Siyosiy arbob, Rossiyaning to‘rtinchi yirik shahri hokimi Yevgeniy Royzman viloyat hokimligiga bo‘ladigan saylov haqidagi noqulay savollardan qochmaydi. U saylov byulleteniga nomzodi kiritilgan taqdirda imkoniyatlari qanday bo‘lishi mumkinligini chamalab ko‘radi.

Men osongina yutishim mumkin edi, – deydi Royzman “Ozodlik” muxbiri bilan suhbatda. U 2013 yili Yekaterinburg viloyatining Uralsk shahri hokimi saylovida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning hokimiyatdagi partiyasi vakilini yutgan edi.

Biroq Royzman tug‘ilib o‘sgan Sverdlovsk viloyati saylovchilari viloyat hokimi saylovida 54 yashar siyosatchiga ovoz bera olmaydi.

Ushbu saylov 10 sentabr kuni Rossiyaning yana 15 ta sub’ektida bo‘lib o‘tadi.

Undan keyin kelasi yil mart oyidagi prezident saylovida Putin qatnashishi va qayta saylanishi kutilmoqda.

Royzman va mintaqalardagi boshqa siyosatchilarning aytishicha, ushbu saylov "munitsipal filtr" deb ataluvchi huquqiy mexanizmga ko‘ra o‘tkazilmoqda va bu ularning saylovda qatnashishiga imkon bermaydi.

Tanqidchilar ushbu mexanizm Kreml qo‘llab-quvvatlayotgan nomzodlardan kuchliroq muxolif nomzodlarning saylovda qatnashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘llanayotganini aytmoqda.

Dmitriy Medvedev 2012 yili, ya’ni prezidentlik muddati tugayotgan paytda hokimlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylanishini qayta tiklagandan so‘ng joriy etilgan ushbu qoidaga ko‘ra, saylovda qatnashishni istagan nomzodlar mahalliy deputatlarning 5-10 foiz imzosini yig‘ishi kerak.

Putinning prezidentlikka qaytishi 2011-2012 yillarda Moskva shahridagi ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan edi.

Shundan so‘ng Kreml Rossiyaning siyosiy hayotini qattiq nazoratga oldi.

Tanqidchilar o‘shanda hokimiyatni parlament saylovi natijalarini soxtalashtirganlikda ayblab chiqqan edi.

Mamlakatning deyarli barcha mahalliy qonun chiqaruvchi idoralarida hokimiyat tepasida turgan “Birlashgan Rossiya” partiyasi ustunlikka ega.

Shu sababli kerakli miqdorda imzo yig‘ish tartibi muxolif nomzodlar va boshqa talabgorlar uchun bajarish deyarli mumkin bo‘lmagan yumushga aylandi.

Ular siyosiy maydonni tozalab bo‘ldi. Birorta kuchli nomzod qolmadi, – dedi Royzman saylov haqida. – Ularga saylovda qatnashishga imkon berilmadi. Ha-ha, berilmadi. Men urinib ko‘rdim, biroq munitsipal filtrdan o‘tib bo‘lmadi. Bugungi o‘yin qoidasi shu ekan.

Royzmanning tanqidchilari esa uni imzo to‘plash va saylov byulleteniga nomzodini kiritish uchun jon kuydirmaganlikda ayblamoqda.

Mening janob Royzmanday shafqatsiz, ulkan siyosatchi, davlat arbobi, yirik ma’muriy resursga ega shahar hokimining siyosiy rejim ta’qib qilayotgan kichik bir qurbonga aylanganiga ishongim kelmaydi, – dedi Rossiya Markaziy saylov komissiyasi raisi Ella Panfilova Rossiyaning RBK gazetasi bilan suhbatda.

Biroq Royzmanning mavjud cheklovchi qoidalarni tanqid qilganini Rossiyaning sobiq moliya vaziri, Putinning siyosiy ittifoqchisi Aleksey Kudrin ham qo‘llab-quuvatladi. Uning fikricha, mavjud mexanizm “aksariyat hollarda umuman muqobil tanlov imkonini bermaydi”.

Putin ma’muriyati rahbarining birinchi o‘rinbosari, ichki siyosatni nazorat qiladigan amaldor Sergey Kirienko o‘tgan oyda o‘ta ehtiyotkorlik bilan ushbu qoida o‘zgarishi mumkinligi haqida gapirdi.

Moskvadagi oliy iqtisodiyot maktabining Rossiya mintaqalari bo‘yicha eksperti – sinchisi Nikolay Petrovning “Ozodlik”ka ma’lum qilishicha, munitsipal filtr mexanizmini bekor qilish yoki o‘zgartirish hokimlar saylovidagi raqobatga juda kam ta’sir qiladi.

Haqiqiy raqobat bo‘lishi uchun Rossiyadagi siyosiy vaziyat o‘zgarishi kerak.

Liberal qarashlarga ega “Yabloko” partiyasi nomidan nomzod qilib ko‘rsatilgan, biroq zarur hujjatlarni yig‘a olmagani sababli viloyat saylov komissiyasi chig‘irig‘idan o‘ta olmagan Royzmanning iddao qilishicha, bunga sabab o‘zining saylovda aniq yutishidir.

Shu gapini isbotlashi uchun unga saylovda qatnashishga ijozat tegsa bo‘ldi emish.

XS
SM
MD
LG