Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:36

AQSh Rossiya bo‘ylab noimmigratsion vizalar berishni to‘xtatdi


Moskvadagi AQSh elchixonasi binosi
Moskvadagi AQSh elchixonasi binosi

Moskvadagi AQSh elchixonasi 23 avgustdan boshlab Rossiya bo‘ylab noimmigratsion vizalar berish to‘xtatilishini bildirdi. Elchixona buni Rossiyaning amerikalik diplomatlar sonini kamaytirishga qaratilgan chorasiga javob amali sifatida izohladi.

Elchixona 21 avgust kuni e’lon qilgan bildiruvda 1 sentabr kuni viza amaliyotlari "ancha kichraytirilgan ko‘lamda" qayta yo‘lga qo‘yilishi, noimmigratsion vizalar uchun intervyular faqat Moskvada o‘tkazilishi aytiladi.

Sankt-Peterburg, Yekaterinburg hamda Vladivostok shaharlaridagi Amerika konsulliklarida viza berish noma’lum muddatga to‘xtatiladi.

"Rossiyaning Qo‘shma Shtatlarning bu yerdagi diplomatik missiyasini qisqartirish qarori Rossiyaning aloqalarni yaxshilashga jiddiy yondashayotgani haqida savol tug‘diradi", deyiladi elchixona bildiruvida.

Rossiyaning Ukrainadagi agressiyasi, Suriyadagi urush hamda Moskvaning AQSh prezidentlik sayloviga aralashgani haqidagi iddaolar tufayli Vashington va Moskva o‘rtasidagi aloqalar Sovuq urush yillaridagidek sovub ketgan.

AQSh Kongressi Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilib, prezident Donald Tramp ushbu sanksiyalarni osonlikcha bekor qilishiga to‘sqinlik qiluvchi qonunni qabul olishi ortidan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvada 1 sentabrgacha 455 nafar AQSh diplomati qoldirilishini, Vashingtonda ham aynan shuncha rus diplomati ishlayotganini aytdi.

Putinga ko‘ra, bu chora AQSh Kongressi Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish to‘g‘risida qonun qabul qilganiga javob o‘laroq qabul qiliniish lozim.

Amerika elchixonasi esa Rossiya hukumati talablariga bo‘ysunish uchun o‘z amaliyotlari ko‘lami cheklanishini aytdi.

Hozirda rejalashtirilgan barcha viza intervyulari bekor qilinmoqda.

Elchixona "xalqaro bitimlar, diplomatik odatlar yoki odatiy xalqaro qonunlarga amal qilish uchun" eng avvalo BMT rasmiylari, AQShda ofisi bo‘lgan xalqaro tashkilotlar hamda ikki taraflama missiyalarga xizmat ko‘rsatadi.

Tibbiy yoki oilaviy favqulodda vaziyatga tushib qolganlar hujjatlari ham birinchilardan bo‘lib ko‘rib chiqiladi.

Elchixonaga ko‘ra, bular dafn marosimlari, shifoxonaga yotish yoki sud ishlarini o‘z ichiga oladi.

Moskvadagi elchixona hamda Sankt-Peterburgdagi konsullik yana Belarus fuqarolariga viza berishni to‘xtatadi.

Lavrov AQShning mazkur qarori siyosiy sabablarga ko‘ra chiqarilganini ta’kidladi.

Yangi qarordan Rossiyadagi AQSh fuqarolari ziyon ko‘rmaydi: Moskvadagi elchixona bilan Sankt-Peterburg, Yekaterinburg hamda Vladivostok shahaolaridagi konsulliklar Amerika fuqarolariga to‘liq xizmat ko‘rsatishda davom etadi.

XS
SM
MD
LG