Линклар

Шошилинч хабар
12 ноябр 2019, Тошкент вақти: 04:04

Olimlar avtonomlashtirilgan robotlar xavfi haqida ogohlantirmoqda


Elon Mask

Robotlar va sun’iy idrok bo‘yicha yuzdan oshiq etakchi mutaxassis, jumladan, Ilon Mask BMTni "qotil robotlar" nomi bilan ma’lum bo‘lgan xavfli avtonomlashtirilgan qurollarlarga qarshi chora ko‘rishga chorlamoqda.

IT sohasidagi taniqli shaxslar, jumladan, Tesla direktori Mask hamda Googlega qarashli DeepMind shirkati asoschilaridan biri Mustafo Sulayman imzolagan maktubda "Avtonomlashtirilgan letal qurollar urush tarixidagi uchinchi inqilob bo‘lishi mumkin", deyiladi.

Robotik qurollar bo‘yicha maxsus BMT guruhi dushanba kuni uchrashishi rejalashtiriglan edi, ammo yig‘in noyabr oyida qoldirildi.

2015 yilda minglab izlanuvchi va taniqli shaxs avtonomlashtirilgan qurollarni man etishga chorlagan edi.

Mask ham, britaniyalik taniqli astrofizik Stiven Xoking ham “sun’iy idrok xavflari” haqida ogohlantirib keladi

XS
SM
MD
LG