Линклар

Шошилинч хабар
15 ноябр 2019, Тошкент вақти: 22:54

Qirg‘iziston hukumati iste’foga chiqarildi


Qirg‘izistonning endilikda sobiq bosh vaziri So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov.

Qirg‘iziston prezidenti 22 avgust kuni hukumatni iste’foga chiqarish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Қирғизистон ҳукумати истеъфога чиқарилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:00 0:00

Jeenbekov prezidentlikka nomzodlarga teng sharoit yaratish uchun iste’fo berganini aytdi

Farmon imzolanishi ortidan Atambaev ayni paytda ta’tilda bo‘lgan parlament fraktsiyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

“Men hukumat iste’foga chiqarilgani munosabati bilan Jogorku Kenesh raisi Chinibay Tursunbekovga hukumatning yangi tarkibini shakllantirish uchun 25 avgustda Jogorku Keneshning navbatdan tashqari sessiyasini chaqirish to‘g‘risidagi xat bilan murojaat qildim”, dedi Atambaev.

Bosh vazir vazifasini vaqtincha bajarish vakolati bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Muxammetkaliy Abulgazievga topshirildi.

Qirg‘iziston hukumati iste’foga chiqarilishiga bosh vazir So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov prezidentlikka nomzod sifatida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan rasman ro‘yxatga olingani munosabati bilan 21 avgust kuni iste’fo bergani sabab bo‘ldi.

So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov prezidentlikka nomzodlar ro‘yxati rasman e’lon qilinadigan 10 sentabrgacha va undan keyin ham to 15 oktabrda o‘tadigan saylovgacha bosh vazir lavozimida qolish imkoniyatiga ega bo‘lganini, lekin bunday imtiyozdan barcha nomzodlar uchun teng sharoit yaratib berish maqsadida voz kechganini aytdi.

Qirg‘iziston qonunchiligiga asosan bosh vazir prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olingach, saylov yakunlanguniga qadar ta’tilga chiqish imkoniyatiga ega. Biroq Jeenbekov bu imkoniyatdan ham foydalanmadi.

Sobiq bosh vazir saylov adolatli o‘tishiga ishonadi

Sobiq bosh vazir prezidentlik saylovi Qirg‘izistonda 2015 yilda o‘tgan parlament saylovi kabi xolis va adolatli o‘tishiga ishonishini aytdi. 2015 yilda xalqaro kuzatuvchilar Qirg‘izistonda o‘tgan parlament saylovini Markaziy Osiyo uchun “unikal holat” sifatida baholagan edilar.

-Avval qanday saylov bo‘lar edi, hozir qanday saylov o‘tkazilayapti, o‘zingiz ko‘rib turibsiz. Avval saylov natijalari kabinetda aniqlab qo‘yilar edi. Hozir esa har bir saylovchining ovozi uchun kurash ketayapti, -dedi Jeenbekov.

Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi 21 avgust holatiga ko‘ra, prezidentlik saylovida ishtirok etish niyati bilan ariza topshirgan 60 odamdan 3 nafariga, jumladan, Jeenbekovga rasman prezidentlikka nomzod maqomini berdi. Bunday maqomga erishgan Temir Sariev va O‘murbek Babanovlar Jeenbekovning kuchli raqiblari o‘laroq ko‘rilmoqda.

Kuchli raqiblardan biri qamoqda qolmoqda

Biroq prezidentlik saylovidagi eng kuchli raqiblaridan biri O‘murbek Tekebaev 16 avgust kuni sud hukmi bilan korrupsiyada aybdor, deb topilib 8 yil ozodlikdan mahrum etildi.

Tekebaevning nomzodi “Ata Meken” partiyasi tomonidan prezidentlikka ko‘rsatilgan edi.

Prezidentlikka nomzod sifatida ariza berganlar rasman ro‘xatga olinishi uchun 30 ming saylovchining imzosini to‘plashi, saylov depozitiga 14 ming 600 dollar miqdorida badal to‘lashi hamda qirg‘iz tilidan imtihon topshirishi shart bo‘ladi.

O‘murbek Tekebaev qirg‘iz tili imtihonini Milliy til komissiyasi qarori bilan qamoqxonada topshirdi. Uning tarafdorlari to‘plagan imzolar esa Markaziy saylov komissiyasi tomonidan yaroqsiz deb topilgan. Ayni paytda “Ata Meken” partiyasi yuristlari Markaziy saylov komissiyasining bu qarori ustidan sudlashmoqda.

XS
SM
MD
LG