Линклар

Шошилинч хабар
13 декабр 2019, Тошкент вақти: 02:32

Islom Karimovning maslahatchisi Turkiyada hibsga olindi


Karimovning sobiq davlat maslahatchisi Anvar Oltoyli

1991 yildan 1993 yilgacha O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi lavozimida ishlagan 73 yashar Anvar Oltoyli Turkiyaning Manavgat shahridagi uyida hibsga olindi.

Oltoyli yaqinlarining Ozodlikka aytishicha, u Turkiyada terrorchi sifatida qaraladigan diniy rahnamo Fathulloh Gulan tashkilotiga aloqadorlikda gumonlanib¸ so‘roq qilish uchun Anqaraga olib ketilgan.

Oltoylining Germaniyada yashaydigan qarindoshga ko‘ra¸ Anvar Oltoyli Turkiyada davlat to‘ntarishi o‘tkazishga aloqador deb hisoblanayotgan prokurorlarni mamlakatdan chiqarib yuborishga ko‘mak berganlikda ayblanmoqda.

Oltoylini yaqindan bilgan va ismi atalishini istamagan istanbullik huquqshunosning Ozodlikka aytishicha, "ilgari surilayotgan ayblovlar quruq iddao xolos".

Huquqshunos Oltoyli bilan birgalikda 1991 yildan 1993 yilgacha O‘zbekistonda ishlaganini aytdi. Unga ko‘ra¸ Oltoyli "O‘zbekiston havo yo‘llari" shirkatini tashkil qilishga hissa qo‘shgan va mamalakat moliya tizimini bozor iqtisodiga o‘tkazish borasida mamlakat rahbariyatiga konsultatsiyalar bergan.

Anvar Oltoyli - Turkiya xavfsizlik tizimidagi o‘zbek

Anvar Oltoylining otasi Shokir Oltoyli Namangan viloyati, Chodak qishlog‘ida yashagan va Sovet hukumati tazyiqidan qochib, Afg‘oniston orqali Turkiyaga kelib qolgan ziyoli o‘zbeklar vakilidir.

Anvar Oltoyli 1944 yili Adananing (Turkiya) Jeyxon tumanida tug‘ilib, Anqara universiteti huquq fakultetini tugatgan.

Oltoylininmg Vikipediyada e’lon qilingan biografiyasida uning 1968 - 1973 yillarda Turkiya Milliy Istihborat Tashkilotida (Turkiya milliy xavfsizlik idorasi) sovetolog sifatida ishlagani aytiladi.

Anvar Oltoyli O‘zbekiston mustaqil bo‘lmasidan oldin Sovet Ittifoqiga qilgan safar taassurotlari asosida “Asir turk ellarida 90 kun” (Esir Türk İllerinde 90 Gün) kitobini e’lon qilgan edi.

Oltoyli 1991 yildan 1993 yilgacha O‘zbekistonda prezident maslahatchisi sifatida faoliyat olib bordi. O‘sha yillarda O‘zbekiston prezidenti devonida yetakchi konsultant vazifasida ishlagan Anvarmirzo Husainovning eslashicha¸ Oltoyli¸ mamlakat iqtisodini “bozor ekonomikasi relslariga qo‘yish”ga oid maslahatlar berish bilan birgalikda chet eldagi o‘zbeklarning “Yel” tashkiloti qurultoyini o‘tkazishga ham hissa qo‘shgan.

Oltoyli 1993 yilda O‘zbekiston muxolifati a’zolariga boshpana bergani bois sovuqlashgan Turkiya-O‘zbekiston munosabatlari fonida Toshkentni tark etgani aytiladi.

Turkiya va Germaniya vatandoshi bo‘lgan Oltoyli keyingi 20 yil ichida publitsistika bilan shug‘ullandi.

Oltoyli qalamiga mansub 2008 yilda chop qilingan “Buyuk o‘yindagi turk” (Büyük Oyundaki Türk) asari o‘sha yili Turkiyada eng ko‘p sotilgan kitoblar o‘nligidan o‘rin olgan edi.

XS
SM
MD
LG