Линклар

Шошилинч хабар
17 ноябр 2019, Тошкент вақти: 07:00

Tojikistonda aqiqa o‘tkazish, hojilarni "hoji aka", deb chaqirish taqiqlanadi


Bundan buyon Tojikistonda marhumning 7 siga va 40 iga mol so‘yish va mehmonlar oldiga dasturxon yoyish mumkin emas.

Bu taqiq Tojikiston parlamenti 23 avgust kuni ma’qullagan “An’analar, tantana va urf-odatlar to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasida nazarda tutilgan.

Yangi qonun loyihasi parlamentga prezident Emomali Rahmonning tashabbusi bilan kiritilgan.

Yangi qonun loyihasida, shuningdek, bolani sunnatga yotqizish marosimini oila davrasida, xonanda va sozandalarsiz o‘tkazish nazarda tutilgan. Bolaning “qo‘lini halollash” chaqaloq tug‘ilganidan so‘ng 20 kun ichida tibbiyot muassasasida bepul amalga oshiriladi.

Chaqaloq tug‘ilganidan 7 kun o‘tib o‘tkaziladigan aqiqa marosimini o‘tkazish umuman taqiqlandi. Udumga ko‘ra, aqiqa marosimida agar chaqaloq o‘g‘il bo‘lsa ikkita, qiz bo‘lsa bitta qo‘y so‘yiladi.

«Bu choralarning barchasi ota-onalarning mablag‘larini tejash va xalq turmush darajasi pasayib ketishining oldini olish uchun ko‘rilmoqda”, - deyilgan Tojikiston prezidenti rasmiy saytida.

Chorshanba kuni parlament ma’qullagan qonun bilan haj safaridan qaytganlar ismiga “hoji” so‘zini qo‘shib aytish ham taqiqlanadi.

Prezidentning taklifiga ko‘ra, amaldorlar va yuridik shaxslarning “An’analar, tantana va urf-odatlar to‘g‘risida”gi qonunning bajarilishi uchun mas’uliyati kuchaytirilmoqda.

Qonunni buzgan amaldorlar 25-26 ming somoniydan 35 ming somoniygacha, yakka tartibda faoliyat yurituvchi tadbirkorlar, diniy arboblar va ulamolar 35 ming (qariyb 4000 AQSh dollari) somoniygacha jarima to‘lashga hukm qilinishi mumkin.

Keyingi paytlarda O‘zbekiston prezidenti Mirziyoev ham to‘ylarni tartibga solish to‘g‘risida gapirdi.

XS
SM
MD
LG