Линклар

Farg‘onada ota o‘z o‘g‘lining ustiga benzin sepib, yoqib yubordi

  • Ҳурмат Бобожон/Озодлик

Озодлик архивидан олинган бу суратнинг Фарғонада содир бўлган воқеага алоқаси йўқ.

Farg‘onada 51 yoshli ota 27 yoshli o‘z o‘g‘lini, ustiga benzin qo‘yib, yoqib yubordi. Voqea 19 avgust kuni Farg‘onaning Bag‘dod tumani, Olchin qishlog‘ida ro‘y berdi. Ota jinoyat joyidan g‘oyib bo‘lgan va keyinchalik ushlanib, hibsga olingan. Jabrlanuvchi o‘g‘il tanasining 70 foizi kuyib, og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi.

Voqea guvohlarining Ozodlikka aytishicha, ota va farzand o‘rtasidagi janjal mashina ustida chiqqan.

- Ota biron joyga borishi kerak bo‘lib, mashinani so‘ragan. O‘g‘il "mashina menga kerak", degan. Mashina esa bitta. Shu payt jahl ustida ota o‘z o‘g‘lini, ustiga baklashkada benzin sepib, yoqib yuborgan, - deydi ismi sir qolishi sharti bilan Ozodlikka gapirgan bag‘dodliklardan biri.

Farg‘ona viloyati huquq-tartibot idoralaridan biri mas’ul xodimi o‘z o‘g‘liga o‘t qo‘ygan shaxs hech qaerda ishlamaydigan 51 yoshli Qurbonali Fozilov ekani va unga nisbatan "Odam joniga qasd qilishga urinish" moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini Ozodlikka aytdi:

- Hozir u hibsda ushlab turilibdi, tuman prokuraturasi tergov olib boryapti. Ota qilgan ishidan pushaymon. Baxtga ko‘ra, o‘g‘li Abdurahim omon qolgan. Hozir u Bag‘dod tumani kasalxonasining jonlantirish bo‘limida yotibdi. Tanasining 50foizi kuygan, - dedi ichki ishlar xodimi.

Bag‘dod tumani kasalxonasi vrachlari esa Abdurahim tanasining 70 foizi kuygan xolatda olib kelinganini aytishdi.

-Hozir bemor Farg‘ona viloyati kasalxonasi reanimatsiya bo‘limiga yuborildi, ahvoli o‘ta og‘ir, - dedi ismi sir qolishi sharti bilan Ozodlikka gapirgan shifokor.

O‘zbekistonda maishiy muammolar negizida bunday fojealar tez-tez ro‘y berib turadi.

O‘tgan yilning fevral oyida Buxoroda 47 yoshli o‘g‘il o‘zaro janjal payti jahl ustida ota-onasini ustiga benzin sepib, yoqib yuborgandi.

Xorazmning Urganch tumani G‘oybu qishlog‘ida esa 2016 yilning yanvarida 30 yoshli ayol oilada yetishmovchilik sabab ikki farzandini pichoqlagan edi.

Oqibatda 7 yoshli qizi hayotdan ko‘z yumgan, 10 yoshli o‘g‘li og‘ir yaralangandi.

XS
SM
MD
LG