Линклар

Шошилинч хабар
20 ноябр 2019, Тошкент вақти: 18:17

O‘zbek-Tojik savdo aloqalari so‘nggi 1 yilda qariyb 6 martaga o‘sdi


Dushanbeda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mashinalar ham xaridorgir bo‘lmoqda

Tojik rasmiylariga ko‘ra, O‘zbekiston hokimiyatiga yangi shaxslarning kelishi ortidan o‘zbek-tojik aloqalarining yaxshilanishi iqtisodiy aloqlar rivojlanishiga sabab bo‘layotir.

Tojikiston hukumati so‘nggi bir yilga yaqin muddat ichida O‘zbekiston bilan savdo aloqalari 5,7 marotaba o‘sib, 69 million 200 ming dollarga etganni bildirdi.

Tojikistonlik tadbirkorlar va iqtisodchilarning aytishicha, joriy yil bahoridan boshlab tojik bozorlarini O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar zabt eta boshlagan. Ularga ko‘ra, O‘zbekiston mahsulotlari arzonligi va sifatliligi bilan Xitoy mahsulotlaridan farq qiladi.

Yangi o‘quv yili arafasida o‘g‘liga kiyim-kechak xarid qilish uchun bozorga kelgan dushanbelik Niyozmad Hamidov O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlardan mamnun ekanini aytdi:

-Turkiya mahsulotlari qimmat. Xitoyning mahsulotiga qaraganda O‘zbekistonniki sifatliroq, narxi esa bir hil. Shuning uchun o‘g‘limga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan kiymlarni sotib oldim, –dedi Niyozmad Hamidov.

Tadbirkorlarning aytishlaricha, aprel oyida Dushanbeda o‘tgan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar yarmarkasidan so‘ng Tojikiston bozorlariga o‘zbek mahsulotlari kirib keldi.

Bungacha asosan Xitoy, Turkiya va Qirg‘iziston mahsulotlari haridorgir bo‘lgan. Savdogar Shamsiddin Turdiev hozir O‘zbekiston mahsulotlarining bozori chaqqon bo‘lib borayotganini aytdi. Tadbirkorga ko‘ra, dushanbeliklar orasida “Artel” shirkatida ishlab chiqarilgan maishiy texnika ommaviylashib bormoqda.

-Bu mahsulotlarning narxi ham arzon, sifati ham yaxshi, -dedi savdogar.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar yarmarkasidan so‘ng Dushanbeda "Ravon” brendining avtosaloni ham ochildi. Avtosalon rahbari Farrux Zamonovning Ozodlik radiosi tojik xizmatiga bildiriishcha, dastlab Dushanbega R2, R4, Gentra, Nexia R3, Damas va Labo mashinalaridan 56 dona keltirilgan edi. Qisqa muddatda bu mashinalarning 40tasi sotilib bo‘lgan.

-Eng arzon avtomashina narxi 6700 dollar. Qimmati 12500 dollardan sotilayapti. Mashinalar zamonaviy xavfsizlik standartlariga javob berishi, arzonligi va sifati bilan xaridorlarimizga yoqayapti, -dedi Farrux Zamonov.

Tojik rasmiylariga ko‘ra, O‘zbekiston hokimiyatiga yangi shaxslarning kelishi ortidan o‘zbek-tojik aloqalarining yaxshilanishi iqtisodiy aloqlar rivojlanishiga sabab bo‘layotir.

Tojikiston hukumati so‘nggi bir yilga yaqin muddat ichida O‘zbekiston bilan savdo aloqaliri 5,7 marotaba o‘sib, 69 million 200 ming dollarga yetganni bildirdi.

Joriy yilning yanvar oyidan may oyigacha O‘zbekistondan Tojikistonga 25 million 681 ming dollarlik mahsulot olib kirilgan.

XS
SM
MD
LG