Линклар

Шошилинч хабар
05 июл 2022, Тошкент вақти: 03:06

OzodDayjest: Namanganda keksalar pensiya ololmay sarson bo‘lmoqda


Namangan viloyati Pop tumanidagi keksalar pensiya ololmay sarson-sargardon bo‘lmoqda. Maktab bozorida sifatsiz mahsulotlar sotilmoqda. “O‘zbekkino” “Baron” filmi rejissyorini sudga berdi.

_____________________________________________________________

Namanganning Popida keksalar pensiya ololmay sarson bo‘lmoqda

Namangan viloyati Pop tumanidagi keksalar pensiya ololmay sarson-sargardon bo‘lmoqda (“XXI asr”, 24 avgust). Masalan, iyul oyi uchun pensiya “Xalq banki” tomonidan Sang qishlog‘i Guzar mahallasidagi chala bitgan do‘konda tarqatildi. Yuzlab qariya qirqdan yuqori jaziramada navbat kutdi. Tushga yaqin yig‘ilganlarning bir qismi pensiyasini olgach, bankirlar pul tugadi, deb ketib qolishdi. Bu hol bir necha bor yuz berdi. Avgust oyi pullarini tarqatishda yana qariyalar sarson qilinmoqda. “Xalq banki Pop tuman bo‘limi mutasaddilarining pensiya tarqatishni to‘g‘ri tashkil eta olmayotganlari ko‘pchilikning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Nahot... ortiqcha navbatsiz, asabbuzarliklarsiz tarqatishning imkoni bo‘lmasa?” deya mutasaddilarni savolga tutadi Pillakash mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Tohirjon Matkarimov.

Maktab bozorida “podval”da chiqarilgan sifatsiz mahsulotlar sotilmoqda

Ayni paytda O‘zbekistonda maktab bozori – o‘quv qurollari savdosi rosa qizigan, ammo ayrim ucharlar mavjud yuqori talabdan foydalanib, sifatsiz mahsulotlarni pullashga harakat qilmoqda (“Oila davrasida”, 24 avgust). Maktab bozorlarini aylangan jurnalistga ko‘ra, sotilayotgan mahsulotlar, masalan, daftarlarning sifati past. Qo‘lbola usulda, “podval”da tayyorlangan daftarlarning o‘lchami ham bir xil emas, nostandart. “Qiziq, ishlab chiqaruvchisi noma’lum, noqonuniy daftarlar qanday qilib maktab bozorlarida sotilyapti?.. Ha, o‘quv qurollari sifati raqobatbardosh bo‘lmas ekan, odamlar xorijning yoki xorij texnologiyasi asosida tayyorlangan mahsulotga talpinaveradi. Bunga barham berish fursati allaqachon keldi”, deb yozadi gazeta.

“O‘zbekkino” agentligi rejissyor Rustam Sa’dievni sudga berdi

“O‘zbekkino” milliy agentligi taniqli rejissyor Rustam Sa’dievni sudga berdi (“Darakchi”, 24 avgust). Qayd etilishicha, rejissyor “Baron” filmini suratga olish uchun agentlikdan olgan pullarni qaytarmaganlikda ayblangan. “Davlatning har bir tiyini hisobli. Pul berildimi, uni nimaga sarflanayotganini tekshirishga haqli. Biz filmdagi pullarni nima uchun sarflaganimiz haqida to‘liq hisobot berganmiz. Bu haqda chuqurlashib o‘tirishni istamasdim. Lekin bir narsani aytib o‘tmoqchiman, bizga bir film uchun beriladigan miqdorda mablag‘ ajratildi, ammo bu summadan foydalanib, biz ikki qismli kartina suratga oldik. Va 15 kun ichida 600 mln atrofida davlat hisobiga foyda keltirganmiz” degan rejissyorning o‘zi. Sud ishiga oid boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.

XS
SM
MD
LG