Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 02:42

Bokira chiqmadi deb haydalgani uchun o‘zini o‘ldirgan kelinchakning kuyovi qamaldi


Zafar Pirov Tojikiston Jinoyat kodeksining 109- moddasida (“O‘z joniga qasd qilishga olib kelish”) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topildi.
Zafar Pirov Tojikiston Jinoyat kodeksining 109- moddasida (“O‘z joniga qasd qilishga olib kelish”) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topildi.

Tojikistonda sud Zafar Pirovni turmush o‘rtog‘ining o‘z joniga qasd qilishiga sababchi bo‘lgan, deb topdi va 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Chorbog‘ qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 24 yoshli yigit Tojikiston Jinoyat kodeksining 109- moddasida (“O‘z joniga qasd qilishga olib kelish”) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topildi. Bu jinoyat uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum etish ko‘zda tutilgan.

Sud jarayonlari yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tdi. Sud zalida har ikki tomonning cheklangan vakillari bo‘ldi.

Vose tumani Xotin-qizlar va oila ishlari bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i Hafiza Safarovaning aytishicha, sud so‘nggi oylarda mintaqani bezovta qilgan hodisaga nuqta qo‘ydi.

Zafar Pirovning qarindoshlari sud xukmini izohlashmadi. Uning advokati Qurbonali Boboev o‘z mijozining ruxsatisiz sud hukmi haqida fikr bildirmasligini aytdi.

Zafar Pirov bundan avval, o‘zini aybdor deb hisoblamasligini va adolatli sud jarayoniga umid qilishini aytgan edi. U rafiqasi o‘zi joniga qasd qilganidan so‘ng vijdoni qiynalayotganini aytdi. «Men uning o‘limini istamagan edim. Men uning ota-onasi to‘yga sarflagan 13 ming somonini qaytarishini istagan edim», dedi Zafar Pirov 7 iyul kuni.

Zafar Pirov va uning 18 yoshli rafiqasi Rajabbi Xurshed to‘y kuni tanishishgan. Kelinning bokiraligi borasidagi bahs birinchi nikoh oqshomida boshlandi. Er kelinning bokiraligiga shubha qildi va ikki marta uni poytaxtga ekspertizaga olib bordi. Qayta ekspertiza ham Rajabbini to‘yga qadar bokira bo‘lganini tasdiqladi, biroq yoshlarning turmushi urish-janjallar bilan o‘tdi.

An’anaviy tojik jamiyatida qiz to‘yga qadar bokira bo‘lishi kerak degan aqida mavjud. Aks xolda nikohning birinchi kuni bokira chiqmagan kelin sharmandalarcha eshikka kuzatib qo‘yiladi. Bu kabi qizlarni ota-onalari ham qabul qilmaydi. Ularning sha’ni va obro‘si umrbod qoraligicha qoladi.

XS
SM
MD
LG