Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:34

Rustam Sa’diev: “O‘zbekkino”ning avvalgi rahbarlari meni sudga bermoqchi edi


"Panoh”, "Yig‘lamagin”, "O‘gay ona”, "Baron" kabi o‘nlab filmlarni suratga olgan o‘zbekistonlik taniqli kinorejissyor Rustam Sa’diev Ozodlik bilan suhbatda "O‘zbekino" pullarini talon-taroj qilgani haqidagi matbuotda tarqalgan xabarlarni rad qildi. 24 avgust kuni "Darakchi" gazetasi “O‘zbekkino” milliy agentligi Rustam Sa’dievni "Baron" filmini suratga olish uchun davlatdan olgan pullarni qaytarmaganlikda ayblab, sudga bergani haqda xabar qilgan edi.

Kinorejissyor Rustam Sa’diev Ozodlik bilan suhbatda “O‘zbekkino”ning avvalgi rahbarlari "Baron" filmi uchun agentlikdan olgan pullarni qaytarmagani sababli uni sudga bermoqchi bo‘lgani, hozir esa bu ish to‘xtaganini aytdi.

- "O‘zbekkino" milliy agentligining uzoqni ko‘rolmaydigan oldingi rahbarlarining noto‘g‘ri ish yuritishi natijasida kelib chiqqan menga bo‘lgan munosabat edi. Hozir hech qanaqa sud yo‘q. Yana bir narsani aytaman hozir "O‘zbekkino"ga zo‘r rahbarlar keldi, - dedi rejissyor.

"Baron" filmi uchun "O‘zbekkino"dan olingan mablag‘lar haqida to‘xtalar ekan rejissyor film tomoshasidan 15 kunda 600 million so‘m pul tushgani va davlat hisobiga o‘tkazib berilganini aytdi.

- Davlatning har bir tiyini bizda hisobli. Audit tekshirgan. Hamma hujjatlar tayyor turibdi. Biz filmdagi pullarni nima uchun sarflaganimiz haqida to‘liq hisobotni berganmiz. Faqat bitta "Panorama"dan 15 kun ichida 600 mln atrofida pul tushdi va davlat hisobiga o‘tkazdik”, - dedi Rustam Sa’diev.

Кинорежиссёр Рустам Саъдиев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:14:01 0:00
Бевосита линк

Rejissyor Rustam Sa’diev 2015 yilda Hollivud va Rossiyaning taniqli aktyorlarini jalb qilgan holda “Baron” deb nomlangan filmni suratga olgan edi.

Рустам Сагдиевнинг Ҳолливуд юлдузи иштирокидаги "Барон"и
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:55 0:00

Bu film uchun “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Narkotikka qarshi kurash markazi pul bergan.

- 70 foiz "O‘zbekkino", 30 foiz studiya topgan pulga film olinadi, deb boshida shartnoma qilganmiz. 30 foizimni isbotini ham qilib berdim. Qaerdan kelgan bu pul, hammasiga javob beraman. Menga berilgan shu pul boshqa filmlarga ham berilgan. Yaqin besh yil ichida olingan 90 foiz filmga 700 milliondan 1 milliardgacha va undan ko‘p pul berilgan filmlar bor. 10 million so‘mi ham qaytib kelmaydi, davlat talab ham qilmaydi. Hozir O‘zbekkinoga kinoni tushungan yangi rahbarlar kelgan, Prezidentimiz ham kinoga e’tibor qaratyaptilar, vaziyat ancha yaxshilanadi, deb o‘ylayapmiz, - dedi Rustam Sa’diev.

Kinorejissyor Rustam Sa’diev hozirda “Merosxo‘r” deb nomlangan yangi film suratga olayotgani va noyabr oyiga qadar ekranlarga chiqishini aytdi.

XS
SM
MD
LG