Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:44

AQShda o‘zbekistonlik pitssa tashuvchi otib ketildi


AQShning Tennesi shtati Neshvill shaharchasida 40 yoshli o‘zbekistonlik boshidan o‘q otar quroldan jarohat olgan holda topildi. Neshvill politsiyasi otib ketilgan shaxs bir yarim oy oldin Green card lotereyasi orqali O‘zbekistondan AQShga oilasi bilan kelgan to‘rt nafar farzandning otasi Doniyor Abdumajitov ekanini ma’lum qildi.

25 avgustga o‘tar kechasi AQShning Tennisi shtati Neshvill shahri shimolida Doniyor Abdumajidov o‘z avtomashinasi ichida o‘q otar qurol bilan otib ketilgan.

Neshvill politsiyasi voqea yuzasidan tergov surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Otishma tafsilotlari ma’lum emas.

Abdumajidov Neshvill shahrining Elliston mavzesidagi New York Pizza tamaddixonasida pitssa tashuvchi bo‘lib ishlagan.

New Chanel 5 muxbirining xabar berishicha, Doniyor Neshvill shimolidagi Batavia ko‘chasidagi xonadonlardan biriga pitssa eltish uchun ketgan paytda hujumga uchragan.

Lekin, u pitssa olib borishi kerak bo‘lgan xonadon egalari pitstsaga buyurtma bermaganliklarini aytishgan.

Hozirda Doniyor Abdumajidov Neshvil shahridagi Vanderbilt Universiteti tibbiy markaziga og‘ir ahvolda yotqizilgan.

AQShda yashovchi o‘zbekistonliklar o‘z vatandoshi muolajasi uchun gofundme.com saytida hayriya tadbiri e’lon qilib, pul to‘plashga kirishgan.

AQShda yashovchi huquqshunos Suxrob Ismoilov Gofundme.com saytida e’lon qilingan hayriya tadbiri doirasida hozirga qadar 40 mingga yaqin AQSh dollari miqdorida pul to‘planganini aytdi.

Таҳлилчи Суҳроб Исмоилов: АҚШдаги ўзбек муҳожирлари оиласи кучлироқ ҳимояга муҳтож
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:21 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG