Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:41

AQShda otib ketilgan o‘zbekistonlik pitssa tashuvchi vafot etdi


AQShning Tennesi shtati Neshvill shaharchasida boshidan o‘q otar quroldan jarohat olgan holda topilgan 40 yoshli o‘zbekistonlik Doniyor Abdumajitov vafot etdi. Neshvill politsiyasi Dinoyor bir yarim oy oldin Green card lotereyasi orqali O‘zbekistondan AQShga oilasi bilan kelgan to‘rt nafar farzandning otasi ekanini ma’lum qilgan.

Doniyorning vafot etgani haqidagi xabar Gofundme.com ​sahifasida berildi.

"Aziz yurtdoshlar. Kuni kecha vatandoshimiz Doniyor Abdumajitov bu yorug‘ olamdan ko‘z yumdilar. Allohim rahmatiga olsin... Qo‘llab-quvvatlagan barcha hamyurtlarimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz", deyiladi kichikkina e’londa.

25 avgustga o‘tar kechasi AQShning Tennisi shtati Neshvill shahri shimolida Doniyor Abdumajidov o‘z avtomashinasi ichida o‘q otar qurol bilan otib ketilgandi.

Neshvill politsiyasi voqea yuzasidan tergov surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Otishma tafsilotlari ma’lum emas.

Abdumajidov Neshvill shahrining Elliston mavzesidagi New York Pizza tamaddixonasida pitssa tashuvchi bo‘lib ishlagan.

New Chanel 5 muxbirining xabar berishicha, Doniyor Neshvill shimolidagi Batavia ko‘chasidagi xonadonlardan biriga pitssa eltish uchun ketgan paytda hujumga uchragan.

Lekin, u pitstsa olib borishi kerak bo‘lgan xonadon egalari pitssaga buyurtma bermaganliklarini aytishgan.

Doniyor Abdumajidov Neshvil shahridagi Vanderbilt Universiteti tibbiy markaziga og‘ir ahvolda yotqizilgan edi.

AQShda yashovchi o‘zbekistonliklar o‘z vatandoshi muolajasi uchun gofundme.com saytida hayriya tadbiri e’lon qilib, pul to‘plashga kirishgandi. ​Gofundme.com saytida e’lon qilingan hayriya tadbiri doirasida 60 ming AQSh dollaridan ortiq miqdorda pul to‘plandi.

Quyida AQShda yashovchi huquqshunos Suxrob Ismoilov bilan ushbu voqea va bu davlatdagi o‘zbekistonlik muhojirlar ahvoli haqidagi suhbatni tinglang:

Таҳлилчи Суҳроб Исмоилов: АҚШдаги ўзбек муҳожирлари оиласи кучлироқ ҳимояга муҳтож
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:21 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG