Линклар

Шошилинч хабар
20 ноябр 2019, Тошкент вақти: 14:39

OzodDayjest: "Mudofaa vaziri uyi oldiga okop qazdirmaydigan bo‘ldi"


Mudofaa vaziri Qobul Raimovich Berdiev.

O‘zbekiston mudofaa vaziri Qobul Berdiev uzmetronom saytida 27 avgust kuni tanqid qilingani ortidan o‘sha kuniyoq uyi oldidagi to‘siqlarni olib tashladi.

Uzmetronom.com nashri 27 avgust kuni Qobul Berdiev o‘z uyi oldidagi ko‘chani beton to‘siqlar bilan to‘sib olgani, buning oqibatida avtotransport va odamlar harakati uchun yo‘l yopilib qolgani, vazir bunga ham qanoat qilmay, o‘z uyi oldiga mutassaddi tashkilotlar bilan kelishilmagan holda avtotransport harakatini taqiqlovchi belgi osib qo‘yganini tanqid qilgan edi.

Xabarda Qibray tuman hokimiyati, prokuratura vakillari, mahalla yig‘ini raisi va uchastka militsionerining Berdiev bilan olib borgan tushuntirish ishlari natija bermagani ta’kidlangan edi.

“Mudofaa idorasi rahbarining bunday harakatlari sababi noma’lum bo‘lib qolmoqda. U tashqaridan bosqin bo‘lishini kutayaptimi va ertaga uyi devori atrofida okop qazdirib, tankka qarshi tikonli simlarni o‘rnatishga buyruq beradimi? Yoki bu o‘zining boshqalarga nisbatan favqulodda ustunligini va vatandoshlarga absolyut darajadagi nafratini inamoyish etish usulimi?” deb yozgan edi uzmetronom.com.

Nashrning 27 avgust kuni yozicha, mazkur xabar paydo bo‘lishi ortidan zudlikda bu to‘sqilar va harakatni taqiqlovchi yo‘l belgisi vazir ko‘rsatmasi bilan olib tashlangan.

“To‘siqlarni olib tashlash, davlat raqamlariga qaraganda harbiy muassasaga tegishli bo‘lgan maxsus texnika tomonidan amalga oshirildi. Bu ish harajatini, taxmin qilish mumkinki, vazir o‘z oyligidan emas, davlat xazinasidan to‘lagan. Bu endi mayda-chuydalar, asosiysi - tezkor munosabat va yakuniy natijadir”, deb yozdi nashr "Okop qazish bekor qilindi", deb nomlangan maqolasida.

XS
SM
MD
LG