Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:59

OzodMaktub: Milliy operatorlardagi aloqa sifati nega pastligini aytaymi?


O‘zbekistondagi mobil aloqa operatorlari bilan hamkorlik qilib kelayotgan diller Ozodlikka yozgan maktubida¸ mijozlarning doimiy shikoyat manbai bo‘lib kelayotgan milliy teleoperatorlar "sir"ini bilishini iddao qildi.

Shaxsi sir saqlanishini so‘ragan mutaxassi maktubi o‘zgarishsiz holda OzodMaktub ruknida chop etilmoqda.

________________________________________________________

Men 10 yildan buyon mobil kompaniyalar bilan dillerlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelaman. So‘ngi vaqtlarda Ozodlikda UMS mobil operatori haqidagi muhokamalarga ko‘zib tushib qoldi. Aloqa sifati pastligi va internet ishlamasligi. Ushbu murojaatchilarning murojaati asosli¸ lekin masalaning tub mohiyati umuman boshqacha.

Masalan¸ kompaniya internet tezligini yuqoriligi xamda signal to‘lqinlarini kengaytirayotganligi hamda aloqa sifati yaxshiligi va hokazolar haqida bong urib¸ xabar tarqatib kelmoqda. Amalda hammasi yolg‘on. UMS kompaniyasi mansabdor shaxslari boshqa mobil operatorlari (Bilayn yoki Yusel) foydasiga katta pora evaziga kompaniyani rivojlantirmaslik hamda abonentlarni o‘ziga jalb qilmaslik uchun maxfiy kelishuvga erishgan. Buni quyidagi misollar bilan isbotlamoqchiman.

Aloqa narxini arzonlashtirmoqda. Bu o‘z navbatida hammaning nazarida kuchli raqobatga intilayotgandek tasavvur uyg‘otadi. Tarmoq ichida bepul va hokazolar. Lekin amalda kompaniya buning o‘rniga aloqa sifatini yomonlashtirishga xarakat qilgan va qilmoqda. Antennalarni qamrov darajasini qisqartirish, antenna sektorlarini keraksiz tomonga yo‘naltirish, internet tezligini cheklash va hokazolar.

Bundan tashqari¸ kompaniya har kuni yangi baza stantsiyalar o‘rnatayotganligi haqida jar solada. Amalda ular mavjud baza stansiyalar¸ ya’ni 2 G 900/1800 chastota yonida 3 G 2100 chastota o‘rnatmoqda. Bu yangi stansiya o‘rnatish degani emas¸ ya’ni amaldagi stansiyada internet sifatini yaxshilashdir.

Bundan tashqari¸ 3 G 2100 chastotaning qamrov darajasi 2 G 900/1800 chastotaga nisbatan 1 km kamdir. Bundan ko‘rinib turibdiki¸ aloqa sifati qancha bunaqangi antenna o‘rnatishlar bo‘lishiga qaramay¸ yaxshilanmaydi. Buning natijasida abonentlar aloqa sifati yaxshi emasligi uchun kompaniya sim kartalari olishni xohlamaydi.

Ayrim internet ishlatadiganlar uchun bu yaxshi, lekin kompaniya ular uchun ham ajoyib noqulaylik yaratib qo‘ygan. Internetni boshqa uyali aloqa kompaniyalarga nisbatan 3-4 marotaba qimmatlashtirib qo‘ygan. Masalan¸ Bilaynga 10 $-2100 MB,UMS 10 $-1000 MB.

Bundan tashqari¸ men yashaydigan hudud - Buxoro viloyatida 2017 yilda birorta ham yangi baza stansiyasi o‘rnatilmadi. Hammasida yuqorida aytilgan ssenariy takrorlandi¸ xolos. Bu abonent ko‘payishiga ta’sir qilmaydi. Lekin qog‘ozga mana shuncha baza stansiya o‘rnatdik¸ deb bong urishga juda ham yaxshi.

Natijada¸ boshqa uyali kompaniyalar abonentlarini yo‘qotmasdan¸ yuqori rentabellilik bilan ishlab kelmoqda. Buning natijasida ular milliardlab dollarni O‘zbekistondan supurib olib chiqib ketmoqda. Milliy operatorlar(UMS, Mobayl) esa ularni to‘la quvvat bilan qo‘llamokda. Natijada davlat tomonidan konvertatsiyani ochishga yetarlicha xalaqit kilib¸ davlatga ayrimlar xiyonat kilib kelmokdalar.

_____________________________________________________________

Eslatma: OzodMaktubda aytilgan fikrlar¸ muallifning shaxsiy ishonch va qarashlariga asoslangan. Bu mulohazalar uchun Ozodlik mas’ul emas.

XS
SM
MD
LG