Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:40

OzodMaktub: Milliy universitet diplomi hech kimga kerak emasmi?


O‘zbekiston Milliy universitetining o‘zbek filologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha aspiranti Madina Bollievaning shu sarlavha ostida Ozodlikka yo‘llagan elektron maktubi tahrirsiz OzodMaktub ruknida chop etilmoqda.

____________________________________________________________

Har bir inson oliy uquv yurtida tahsil olar ekan, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashni orzu qiladi. Ammo hayot hamisha biz istagan narsalarni beravermaydi.

O‘zbekiston Respublikasining eng nufuzli oliy o‘quv yurti deb hisoblangan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti bir paytlar o‘rta osiyodagi yagona oliy o‘quv yurti edi. Bu oliy o‘quv yurti har yili minglab malakali kadrlarni tayyorlab yetkazadi. Ushbu kadrlar Respublikamizning turli o‘quv muassalarida va tashkilotlarida o‘z ish faoliyatlarini davom ettirish xuquqiga egadirlar. Har bir muassa rahbari bu oliy o‘quv yurti kadrini quchoq ochib kutib olsa kerak. Ammo shunday rahbarlar ham borki, milliy universitetning diplomini kerakmas deb hisoblaydi.

Toshkent shahridagi imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan Respublika kasb-hunar kollejida har o‘quv yilida g‘ayri oddiy voqealar sodir bo‘ladi. Bu kollejning rahbari I. H. Boboqulov va direktor o‘rinbosari M. J. Vahobovlar milliy universitetning magistr kadrlariga nisbatan juda katta adolatsizliklar qilib kelishadi. Bu adolatsizlikdarning barchasi qonun doirasidan chetda sodir bo‘ladi.

Bu qo‘shtirnoq ichidagi adolatli rahbar 2017 yilning 1 iyul kuni o‘rta mahsus kasb-hunar kollejlarining qisqartilishi haqidagi qaror bilan ko‘plab malakali magistrlarga majburiy ravishda ishdan bo‘shash haqidagi arizani yozdirib olgan. Ogohlantirish xatini olgan o‘qituvchilarning deyarli barchasi O‘zMUning magistr darajasiga ega bo‘lgan kadrlari edi. Ishda qoldirilgan kadrlar esa, bakalavr bosqichini tamomlagan kadrlar. Shu o‘rinda bir savol paydo bo‘ladi: ish o‘rinlarini qisqartirish jarayonida kadrlarning darajalari va tajribalari inobatga olinmaydimi yoki magistrlik darajasi bekordan-bekorga beriladimi? Axir mexnat kodeksida ish o‘rinlari qisqartirilayotganda, xodimlarning darajalari inobatga olinishi haqida qayd etilgan-ku. Bizning rahbarimiz I. X. Boboqulov uchun esa O‘zbekiston Respublikasining qonunlari hech qanday ahamiyatga ega emas ekanda! Yoki I. X. Boboqulovning qo‘l ostida ishlash uchun ishdan majburan bo‘shatilgan o‘qituvchilarning orqasida ularni qo‘llab turuvchi yuqori tashkilot xodimlari turishi shartmi? Masalaning eng muhim jihati shundagi ishdan majburan bo‘shatilgan xodimlarning aksariyati O‘zMUning magistr kadrlari edi. Masalan: Rajabov Elmurod informatika va matematika yo‘nalishi bo‘yicha magistr, To‘laboeva Ruxsora o‘zbek filologiyasi bo‘yicha asperant, Rasulov Asqar huquqshunoslik va miliy g‘oya yo‘nalishi bo‘yicha magistr, Sobirov Zuxriddin fizika va astronomiya yo‘nalishi bo‘yicha magistr, Madina Bollieva o‘zbek filologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha asperant, Almanov Toxir biologiya yo‘nalishi bo‘yicha magistr.

Ko‘p yillar davomida nogironlar kollejida rahbarlik qilib kelayotgan I. X. Boboqulov yuqoridagi ma’lumotlardan tashqari ko‘plab noqonuniy ishlarni amalga oshirib keladi. Bu ishlardan yana biri paxta terimi mavsumida paxta terimiga chiqqan o‘qituvchilardan asossiz ravishda pul yig‘ib olgan. Bundan tashqari aprel oyida o‘qituvchilarning oylik maoshlari kechiktirilgan bir paytda gul ekish uchun majburan yana pul eig‘ib olgan. O‘qituvchilarni dars vaqtida kollej maydonida ishlashga majbur qilgan. Malakali pedagoglar o‘z darslarini va nogiron o‘quvchilarni tashlab, gul ekishga jalb etiladi. Yana bir fakt tungi navbatchilikda qolgan o‘qituvchilar ertasi kuni yana to‘liq ish kunida ishlashga majbur etiladilar. Axir tunda navbatchilik qilgan hatto qorovullarga ham o‘z navbatchiligidan so‘ng xordiq chiqarishga ruxsat beriladi-ku. Pedogoglarning joni temirdan emasku! Bunday konunbuzarliklarni sodir etayotgan I. X. Boboqulov balki ko‘p yillar davomida nogironlar ortidan yetarlicha boyliklarni ham to‘plashga ulgurgandir!?

Mustaqillik davrida erkinlik havosidan nafas olayotgan har bir yetuk shaxs o‘zi sevgan kasbi bilan shug‘ullanishga va o‘zi sevgan ishda ishlashga haqlidir, chunki bunday ulug‘ imkoniyatni bizga aynan mustaqillik bergan. Lekin shunday rivojlanib borayotgan yurtimizda I. X. Boboqulovga o‘xshagan manfur va shavqatsiz rahbarlar biz yoshlarning qilmoqchi bo‘lgan ezgu ishlarimizga soya soliyu kelmoqda. Toki bunday qora soyalar bor ekan nurli kelajakni izlash va unga erishish juda mushkul.

Dono xalqimiz «Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin» deb bejizga aytishmagan. Zero, tibbiyot fanlari nomzodi hech qachon pedogog bo‘la olmaydi. Nomutahasis rahbarning kasriga esa yosh kadrlar ishsiz qolib ketaveradilar. Bu qassobning nogironlar o‘quv yurtida olib borayotgan qabix ishlari qachon nazorat ostiga olinadi? O‘z nafsini qondirish yo‘lida I. X. Boboqulov yana qancha ilm ahlini ishdan majburan bo‘shatadi? Qachon soya bizni tark etadi-yu, ilm ahli yana nur socha boshlaydi?

___________________________________________________________

Eslatma​: OzodMaktub rukni ostida chop etiladigan fikrlar muallifning shaxsiy qarashlari ifodasi. Ozodlik bu mulohazalar uchun mas’ul emas.

XS
SM
MD
LG