Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:32

Tojikiston milliy kutubxonasi rahbari o‘g‘liga dabdabali to‘y qilgani uchun ishdan olindi


Tojikiston milliy kutubxonasi direktori Sayfiddin Nazarzoda
Tojikiston milliy kutubxonasi direktori Sayfiddin Nazarzoda

Qonun bo‘yicha mehmonlar soni 150 kishidan oshiq bo‘lmasligi kerakligiga qaramay, Sayfiddin Nazarzoda o‘z o‘g‘li Firdavsning to‘yiga, poytaxtdagi «Shoira Lyuks» restoraniga 300 dan ortiq mehmon taklif qildi.

Tojikiston milliy kutubxonasi direktori o‘g‘lining to‘yi haqida Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi tomonidan tayyorlangan reportaj 8 avgust kuni «Tochikiston» telekanali orqali ko‘rsatildi. Reportaj berilganidan so‘ng, Sayfiddin Nazarzoda darhol bu ayblovni rad etdi. «Bu kelinning ota-onasi tomonidan tashkil qilingan qiz uzatish edi. Men, to‘g‘risini aytsam, Tojikiston TVning reportajidan juda hayron qoldim», - dedi u, tadbir qatnashchilari 150-170 kishi bo‘lgani va bu kameralarga muhrlanganini ta’kidlab.

Bu telereportajdan bir hafta o‘tib, Nazarzoda egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Nazarzoda o‘zini aybsiz deb hisoblaydi. U sudda buni mustaqil ravishda isbotlamoqchi – u advokatlar xizmatini rad qildi. Ushbu ish bo‘yicha navbatdagi sud jarayoni 28 avgust kuni bo‘lib o‘tishi kutilayotgandi, biroq raislik qiluvchi sudya Xurshed Isozoda uni boshqa kunga ko‘chirdi. Nazarzodaning o‘zi 28 agust kuni sudda ishtirok etdi, lekin jarayon tugamagunicha izoh berishdan bosh tortdi.

Agar kutubxona sobiq direktorining aybi sudda isbotlansa, u 25 ming somoniy hajmida jarima to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Nazarzodaning qarindoshlari sud bahsi faqat u va korrupsiyaga qarshi kurash agentligi o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgani hamda «Tochikiston» televideniesining bunga mutlaqo daxli yo‘qligini aytishdi.

XS
SM
MD
LG