Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:45

Kuniga 1000 dan ziyod jonliq qurbonlik qilinayotgan ziyoratgoh atrofidagilar kasallik tarqashidan qo‘rqmoqda


Qoraqalog‘istonning Beruniy tumanida yashovchi aholi vakillari Qurbon hayiti arafasida tumandagi Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohiga keluvchilar ko‘paygani, qurbonlikka olib kelib so‘yilayotgan chorva mollari va parrandalarning chiqindi-axlatlari ko‘milmasdan sasib, atrof-muhitni bulg‘ayotganini aytishmoqda. Aytilishicha, bu yerda har kuni 300 – 350 qo‘y, 1000ning atrofida tovuq ​so‘yiladi.

Ozodlik bilan suhbatda bo‘lgan ayrim beruniyliklar Qurbon hayiti arafasida har kuni qurbonlikka so‘yilayotgan yuzlab hayvonlarning axlatlaridan epidemiya tarqalishi mumkinligi borasida tashvish bildirishdi.

Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohiga yaqin joyda yashovchi Komiljon Prenovning Ozodlikka aytishicha, so‘yiladigan chorva mollari va parrandalarning chiqindi-axlatlaridan ziyoratgoh atrofida bir necha metrlik uyumlar hosil bo‘lgan.

Султон Увайс Қораний зиёратгоҳига яқин жойда яшовчи Комилжон Пренов билан суҳбат.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:04 0:00
Бевосита линк

- Har kuni kamida 300 – 350 qo‘y, 1000 ta tovuq so‘yilib qon chiqariladi. Mol, qo‘y, tovuq olib kelib qurbonlikka so‘yishadi, ichak-chavoqlarini qo‘mishmaydi. Havo issiq. Tog‘-tog‘ bo‘lib sasib, bijg‘ib yotibdi. Xudo ko‘rsatmasin, bu yerda vabo, o‘lat yoki boshqa epidemiya balosi tarqalsa bunga kim javob beradi?! - deydi Prenov.

Qurbonlikka so‘yilayotgan chorva mollari va parrandalarning chiqindi-axlatlari ko‘milmasdan sasib, atrof muhitni bulg‘ayotgani aytilmoqda.
Qurbonlikka so‘yilayotgan chorva mollari va parrandalarning chiqindi-axlatlari ko‘milmasdan sasib, atrof muhitni bulg‘ayotgani aytilmoqda.

Beruniy tumanida yashovchi Jumagul opa ham Sulton Uvays Qoraniy ziyoratgohining atrofi axlatxonaga aylangani va axlatxona hududi faqat kengayib borayotganini aytadi.

- Hamma yoq axlat. Axlat uyumlari deb hamma yoqda daydi it-mushuklar ham ko‘payib ketdi. Odamlarga ham tashlanishni boshladi. Qurbonlikka so‘ysin, lekin axlatini o‘zi bilan olib ketsin. “Sanepidnadzor”qayoqqa qarayapti?!, - deydi Jumagul opa.

Sulton Uvays Qoraniy ziyoratgohi.
Sulton Uvays Qoraniy ziyoratgohi.

Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohi Beruniy tumani markazidan 20 chaqirim narida joylashgan. Ozodlik beruniyliklarning shikoyati yuzasidan Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgoh ma’muriyati bilan bog‘landi.

O‘zini "ziyoratgoh mutavallisi", deb tanishtirgan erkak Ozodlik bilan suhbatda ziyoratchilar ko‘pligidan tozalikni nazorat qilish qiyin bo‘layotganini tan oldi.

- Hozir mavsum, ziyoratchilar ko‘p. Qurbonlikka mol, qo‘y so‘ydirayotganlarning keti uzilmaydi. Kushxona oldi odamga to‘lib ketgan. O‘zi asli mol, qo‘y so‘ydirgani olib kelganlarni o‘zlari ehsonini berib, axlatini o‘zi bilan olib ketib, uzoqroqqa olib borib ko‘mishi kerak. Bular sal nariga olib borib, bilintirmasdan tashlab, ustiga ozgina tuproq sepib ketishyapti. Keyin, it-mushuk kelib, titkilaydi. Bu Islomga ham zid asli, qurbonlik bunaqa qilinmaydi. Qurbonlik qilinadigan joy ozoda tutilishi kerak, qurbonlik qilgani kelganlar bu yerni axlat qilib ketsa u qabul bo‘lmaydi, - dedi Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohi mutavallisi.

Tuman hokimligining atrof-muhit va obodonlashtirish ishlariga mas’ul bo‘lgan mulozimi esa Ozodlik bilan suhbatda Sulton Uvays Qoraniy ziyoratgohi atrofidagi vaziyat borasida aholidan shikoyat tushganini, uni o‘rganishga kirishganliklarini aytdi va telefon go‘shagini ko‘yib qo‘ydi.

Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohi yaqinida yashovchi Komiljon Prenov esa, hokimlik muammoni hal qilmasa, prezident Shavkat Mirziyoevga arz qilishini aytdi.

Qurbonlikka so‘yilgan qo‘y echkilarning ichak-chavoqlari tegishli tarzda yo‘q qilinmasdan, oddiy axlatxonalarga tashlanmoqda, degan xavotir bundan oldin ham o‘zbek ekologlari tarafidan bildirilgan.

Ekologlar nazarida bu holat shahardagi aksilsanitariya muhitini kuchaytiradi.

O‘zbekiston musulmonlar idorasi rahbar o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur Ozodlik muxbiri bilan suhbatda "musulmonlar qurbonlik uchun hayvon so‘yganida sanitariya qoidaliga rioya qilishi lozim"ligini aytdi.

Ayni paytda shayx qurbonlik amali hech bir tarzda ekologiyaga zarar keltirmasligi lozimligini urg‘uladi.

XS
SM
MD
LG