Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:21

Davlat amaldorining 1 haftada 40 soatdan ko‘p ishlashini taqiqlovchi qonun loyihasi e’lon qilindi


O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi saytida O‘zbekiston Respublikasining «Davlat xizmati to‘g‘risida»gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Davlat tilidagi versiyasi yo‘q, faqat rus tilida e’lon qilingan loyiha to‘g‘risida mahalliy nashrlarning xabar qilishicha, mazkur qonunning vazifasi davlat xizmati tizimi faoliyati samaradorligini ta’minlash, davlat xizmatchilari maqomini aniqlashtirib olish, davlat xizmatini qabul qilish, o‘tash va uni bas qilish bo‘yicha amaliy tizim shakllantirish, davlat xizmatchilarining professionalizmi va omilkorligini oshirish, ularning o‘zlariga yuklatilgan lavozim vazifalariga rioya qilish mas’uliyatini kuchaytirishdan iborat.

Loyihada «davlat xizmati», «davlat xizmati lavozimi», «davlat organi», «davlat boshqaruv organlari», «joylardagi ijroya hokimiyat organlari», «davlat xizmatchisi», «kvalifikatsion talablar», «davlat xizmati ishlari bo‘yicha vakolatli organ», «davlat organi personali boshqaruvi xizmati» kabi asosiy tushunchalar keltirilgan va ularga izoh berib o‘tilgan.

Davlat xizmati lavozimlarini mas’ullik va vakolat darajasiga ko‘ra A–G toifalarga va I–III guruhlarga, shuningdek, kvalifikatsion sinflarga bo‘lish taklif etilmoqda. Oliy sinf davlat xizmatchilariga Prezident tomonidan taqdim etiladi, 1–3-sinflar bosh vazir tomonidan, 4–6-sinflar — Respublika organlari rahbarlari tomonidan. Ma’lum bir sinfga taalluqlilik darajasiga etishgan davlat xizmatchilari mansabi uchun to‘lanadigan ish haqiga qo‘shimcha olish huquqiga ega bo‘lishadi.

Hujjatga ko‘ra, ilk marta davlat xizmatiga qabul qilinayotganlar o‘z xizmat vazifalarini vijdonan va sidqidildan, halol bajarish yuzasidan qasamyod qabul qilishadi.

Davlat xizmatchilarning axloqiy xulq-atvoriga oid yagona prinsiplar, me’yorlar va qoidalarni o‘rnatish, ular tomonidan xizmat vazifalarini vijdonan va samarali bajarilishi uchun sharoitlar hozirlash, davlat xizmatida korrupsiya va boshqa suiiste’molchiliklarning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari va joylardagi ijroiya hokimiyat organlari xodimlarining Axloq kodeksini tasdiqlaydi.

Qonun loyihasiga ko‘ra davlat xizmatiga teng kirish printsipi o‘rnatiladi.

Davlat xizmatchilari uchun ikki dam olish kuniga ega bo‘lgan 5 kunlik ish haftasi joriy etish taklif etilmoqda. Agar davlat xizmati xarakteri va sharoitlariga ko‘ra besh kunlik ish haftasi joriy etishning iloji bo‘lmasa, ichki mehnat taqsimoti yoki boshqa mahalliy dalolatnomalar vositasida olti kunlik ish haftasi o‘rnatiladi. Normal ish vaqtining davomiyligi haftasiga 40 soatdan oshishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

XS
SM
MD
LG